Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org
17.2. Ta’lim muassasasini boshqarish Ishlab chiqarishni boshqarish omillari deganda - boshqaruv mehnatining maxsus turlarini, boshqariluvchi ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatishning u yoki bu yo‘nalishlarini tushunmoq kerak. Boshqaruv omillariga: rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash (kordinatsiya qilish), nazorat qilish, hisob-kitob qilish kiradi.
Rejalashtirish - boshqariluvchi ob’ektlarni rivojlantirish va modellashtirishni, prognoz qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Tashkil qilish - ishlab chiqarish ob’ektining tuzilishini va boshqaruv tuzilishini tanlab olish hamda shakllantirishdir. Tizimning tuzilishi elementlari o‘rtasidagi munosabatlarini va ularning o‘zaro harakatini belgilashdir.
Nazorat qilish - ishlab chiqarishning amaldagi jarayonini va taraqqiyotini rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan iboratdir.
Nihoyat, hisob-kitob qilish esa rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlarning qanday bajarilayotganligiga yakun yasashdir. Hisobga olish, axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi. Shuningdek, u mazkur tizimning keyingi davrga mo‘ljallangan ish dasturini ishlab chiqish uchun axborot bazasidan to‘liq foydalanishga imkon beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, yuqorida sanab o‘tilgan boshqarish omillarini xalq xo‘jaligimizning hohlagan sohasiga, jumladan, maktab-maorif sohasiga ham to‘liq ma’noda tadbiq qilish mumkin. Lekin, mazkur omillarning konkret mazmuni turli boshqaruvchi tizimlarga bog‘liq bo‘ladi.
Demak, biz fikr yuritayotgan funksiyalar ijtimoiy boshqaruvning mazmunini tashkil qiladi. Modomiki, shunday ekan, maktab-maorif sohasidagi har bir rahbar xodim o‘zining boshqaruv ish tuzimini mazkur boshqaruv omillari asosida tashkil qilsa, bu borada so‘zsiz yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Buning uchun esa, mazkur boshqaruv omillari va ularning mohiyatiga to‘liq tushunib olmoq lozim.
Maktabda boshqaruv mehnati bilan shug‘ullanuvchi kishilar (maktab direktori, direktorning o‘quv tarbiya va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, ma’naviyat bo‘yicha o‘rinbosari, metod birlashma rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi) boshqaruv apparatlarini tashkil etadi. Boshqarishning barcha bo‘g‘in va bosqichlaridagi xodimlar ham shu apparatga mansubdirlar. Boshqaruv apparatining bir qismini kishilarni boshqaruvchi shaxslar (maktabdagi rahbarlar) tashkil etsa, ikkinchi qismini ijrochilar (o‘qituvchi, tarbiyachi, yoshlar tashkilotchisi, sinf rahbarlari, metod birlashmalarning a’zolari, texnik xodimlar) tashkil etadi.
Boshqarish sohasidagi ijrochi xodimlarni ikkita asosiy guruhlariga:
A) mutaxassislariga( o‘qituvchi va tarbiyachilarga):
B) texnik xodimlarga( laborant, farrosh, elektrchi-montyor, maktab korovuli kabilarga) bo‘lish mumkin.
Maktabga o‘qituvchi, tarbiyachi va texnik xodimlarni to‘g‘ri tanlash va ularni to‘g‘ri joyiga qo‘yish,- maktab ichki boshqaruvidagi muhim masalalardan biridir. Maktab xodimlarini tanlash bobida quyidagi qoidaga rioya qilish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab xodimlarini tanlashda ularning:
A) siyosiy bilimi jihatidan:
B) halolligi nuqtai nazaridan:
V) ish bilishi jihatidan:
G) ma’muriy qobiliyati jihatidan yondoshishi o‘rinli bo‘ladi. Bizningcha, idora qilish uchun ishni bilish kerak, hamma narsadan xabardor bo‘lmasdan turib, to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas.
Ishning ko‘zini bilish, uyushqoqlikni boshqaruv apparati ishidagi asosiy narsa deb hisoblaymiz.