Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə106/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

16.6. Estetik tarbiya vositalari
Estetik tarbiya vositalari – o‘quvchilarnig estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va bolalarning badiiy ijodi hisoblanadi.
Estetik tarbiya vositalari (3-chizma) – o’quvchilarning estetik rivojlanishlarini ta’minlash maqsadida tevarak – atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va bollarning badiiy faoliyati, ta’lim jarayoni hisoblanadi.

3 – chizma. Estetik tarbiya vositalari.


Oila go’zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarning o’zaro munosabatlari, uyning jixozlari, ularning uyg’unligi, tartibi, saranjom – sarishtalik, maktabning, sinfning bezatilish kabilar barchasi bevosita bolalar estetik didiga ta’sir etadi. Turmush estetikasining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinf xonalarida tozalikni saqlanishi, tabiat burchagini tashkil etilishi, o‘quvchilar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, a’lochilar taxtasi va boshqalar| o‘quvchilarning estetik didlarini tarbiyalaydi.
Tabiat – eng muhim estetik tarbiya vositasidir. O’quvchilarni tabiat qo’yniga ekskursiyalari ular diqqatini tabiat go’zalligiga qaratish imkonini beradi. Ko’kalamzorlaShtiriSh, ko’chatlar ekish ham bolada estetik ko’nikma – malakalarini Shakllantiradi. Tabiat turlicha estetik kechinmalarning asosi bo‘lib, tabiatdan ta’sirlanish, uni ko‘ra bilishga, eshita olish qobiliyatiga bog‘liqdir. O‘quvchilar yilning to‘rt faslida tabiat o‘ziga xos rang olishini, o‘zgarishini bilib oladilar, tabiat hodisalariga qiziqish kuchayadi va tabiatni asrab-avaylash kerakligini chuqurroq anglab etishlariga |yordam beradi. O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida nafaqat tabiiy bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki tabitda go‘zallikni yaratishni, maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirish, gulzor yaratish, daraxt o‘tqazish va parvarish qilish kabilar bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir etadi va estetik ko‘nikma-malakalarini shakllantiradi.
San’at turlari asosiy tarbiya vositalaridir. San’atning xilma-xil ko‘rinishlari va janrlari yordamida o‘quvchilarning rang-tasvir, qalam tasvir haqidagi bilimlari, haykaltaroshlikka doir ko‘nikma va malakalari, ijodiy qobiliyatlari shakllantirilib boriladi. Rasm darslari tasviriy, amaliy, arxitektura san’ati, o‘zbek va chet el san’at ustalarining ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi, hamda asliga ko‘ra, xotira va tasavvurlari asosida rasm chizish malakalarini tarbiyalaydi. Darsdan tashqari suhbatlar, kechalar, ko‘rgazmalar tashkil etish, muzey, rasmlar galereyasiga, san’at yodgorliklari, rassom va me’morlar, haykaltarosh ustaxonasiga sayohat amaliy san’at to‘garagiga qatnashish, tanlovlar o‘tkazishni tashkil etilishi bolalar tarbiyasida muhim vositadir. Estetik tarbiya berishda ashula va musiqaning roli benihoya kattadir. Musiqa va ashula o‘quvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini, musiqiy xotira, didini o‘stiradi, Musiqadan nazariy ma’lumot beriladi, ular notalar, turli davralardagi musiqa asboblari, musiqashunoslarning ijodi, oqimlar, janrlar bilan tanishadilar. Bolalar birgalikda ashula aytishga, raqsga tushishga o‘rganadilar. O‘zbek xalq klassik musiqalari, ashulalarini ijro etishga harakat qiladilar. Shu bilan birga badiiy adabiyot ham estetik tarbiya berishda ishkoniyatlarga ega. Adabiyot darsi esa o’quvchilarda estetik ko’nikma va kechilmalarining yorqinligini, chuqirligini ta’minlaydi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin