Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə102/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

3. Jismoniy tarbiya daqiqasi. Bu turdagi mashg’ulotlar jismoniy madaniyatga ko’proq tegishli bo’lib, ayniqsa muayyan fanlarni o’zlashtirish davomidagi aqliy toliqishning oldini olish uchun undan foydalaniladi. Bunday harakatlardan (harakatlar majmuini o’qituvchi tanlaydi) ko’zlangan maqsad quyidagilardan iborat:
  • Ta’lim oluvchilarning asab tarangligini bo’shashtirish;


  • Ta’lim oluvchilarning jismoniy holatini yaxshilash;


  • Diqqatini yanada o’rganilayotgan mavzuga kuchaytirish.


Umuman olganda jismoniy tarbiya daqiqasi asosan quyidagi uch qismdan iborat bo’ladi:


1. Harakatlarga kirishishni ta’minlash;
2. Oyoq muskullarini harakatlantirishga mo’ljallangan mashqlar;
3. Tananing boshqa a’zolarini harakatlanishiga mo’ljallangan mashqlar.
Bunday ko’rinishdagi jismoniy tarbiya daqiqalari o’yin ko’rinishida tashkil etilib, bunda qo’l harakatlari barcha mashq turlarida mos holda ishtirok qiladi.
4. Madaniy jismoniy piyoda yurishlar va sayr qilishlar.
Bunday mashqlarga odatda havoning ochiq kunlari va darsdan tashqari vaqtlar tanlanadi. Jismoniy yayov yurishlar asosidagi sayrlarda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi:

  • Uni to’g’ri uyushtirishni rejalashtirish lozim;


  • Sayr dasturi mukammal ishlab chiqilmog’i lozim;


  • Sayr harakat rejasi oldindan aniqlanib, ma’qullanib olmog’i lozim;


  • O’quv yurti rahbariyati va ota – onalar bunday jismoniy harakatlar majmuidan xabardor bo’lmog’i lozim;


  • Ushbu harakatlar majmuini amalga oshirish muddatini bir kundan oshirmaslik lozim;


  • Sayr qatnashchilarining xavfsizligi va salomatligiga mutasaddilar oldindan belgilanishi lozim va Shu kabilar.




5. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda umumiy jismoniy tarbiya.
Bunday turdagi jismoniy tarbiya sport turlariga mos holda tanlanadi va ular yilning fasllarini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiya o’quv dasturining mazmuniga mos bo’ladi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin