Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə103/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

6. Sport musobaqalari. Bu ta’lim oluvchilarning muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan Shug’ullaniShini e’tiborga olinishini nazarda tutiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlarini tuzishga keng imkoniyatlar yaratadi va ular bolalar jamoalarini yanada jipslashtiradi. Bu borada Respublikamizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktab o’quvchilari uchun “Umid nihollari”, o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun “Barkamol avlod”, Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun “Universiada” va Shu kabi Respublika miqyosidagi sport musobaqalarining tashkil etilishi yoshlarimizning ham jismonan, ham aqlan barkamol bo’lishiga yurtimizdagi katta e’tibordir.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning bundan boshqa yo’llarini ham amalga oshirish mumkin va ularning barchasining mazmun – mohiyati yoshlarimizning ma’naviy jihatdan yetuk, jismoniy jihatdan baquvvat bo’lishligidan iborat bo’lmog’i lozim. Ayniqsa, sog’lomlashtirish guruhlari ishini olib borishda jismoniy tarbiyaning mos turlarini tanlash o’ta muhim bo’lib, kishi salomatligini ta’minlash garovidir.
Jismoniy tarbiya vositalarini Shartli ravishda uchta yo’nalishga ajratiladi.
Ular:
  • Sanitariya – gigiyena omillari;


  • Tabiatdagi sog’lomlashtiruvchi kuchlar;


  • Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar tizimi.


Endi har bir yo’nalish bo’yicha qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.



Birinchi yo’nalish asosan jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishning kundalik rejimi asosida harakatlar majmuini tashkil etadi. Qat’iy rejim har qanday yoshni sog’lig’ini muntazam ravishda ta’minlash bilan birga ularni algoritmik tarzdagi tartib – intizomga ham o’rgatadi va bu faoliyat shartli refleksga aylanib bo’ladi. Shuningdek, yoshlarning kundalik rejimni muntazam ravishda bajarib borishi, ular organizmining ritm bilan ishlashiga odatlantiradi va domiy hayotiy ehtiyojga aylanadi.
Rejimga rioya qilmaslik, ya’ni o’z vaqtida ovqatlanmaslik, me’yorida uxlamaslik, aqliy va jismoniy mehnatlarning tartibsiz bajarilishi quyidagi salbiy oqibatlarning paydo bo’lishiga olib keladi:

  • Kishi organizmini tashqi muhitga chidamliligi susayadi, ya’ni organizm bo’shashib ketadi;


  • Organizm hujayralarining me’yoriy harakatlari faoliyati buziladi;


  • Kishi bosh miyasi funksiyasi buziladi.


Kundalik rejim tuzishda kishilar yoshi, o’quv yurtlaridagi mashg’ulotlar muddati, ovqatlanish vaqti, ochiq havoda dam olish vaqti, yilning fasllari va aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinuvi kabi jihatlari e’tiborga olinsa kundalik rejim tuzishning optimal variantlarini kafolotlashga erishiladi.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin