Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə98/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

16.2. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:

  1. Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi.


  2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi.


  3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi.


  4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.


  5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual Shakllarini birga qo‘shib olib borish.




Mehnat tarbiyasi bilan mehnat talimi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar.


Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi:
  • To‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi zarur;


  • Texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar);


  • Ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi.





Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin