Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


O‘zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya islohotlari: Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə171/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

28.5. O‘zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya islohotlari: Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Predizentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, maktablarda 11 yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 15-iyun kuni toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon Shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, - deya ta’kidladi prezidentimiz.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
2017 yil 8 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘Shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.
Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egallashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlar merosini o‘rganishi, ularga mos etuk kadrlar bo‘lib voyaga etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana Shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada etuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.mazkur qaror bilan Asronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohaning bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini ham o‘qitish. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotganligi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini 50 ga yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid hikmatli so‘zlari:
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?, - deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”.
“Ayollarning ta’lim olishiga ko‘nmaydilar. Lekin ayollari kasal bo‘lib qolsa, ayol shifokor qidiradilar”.
“Ota-onam boshqa millionlab ota-onalar kabi, topgan-tutganlarini, umrlarini farzandlarining ta’lim olishi va baxtli hayot kechirishi uchun sarf qilganliklari tufayli ham shu darajaga yetishdim”.
“Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish bo‘ladi”.
“Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy me’zoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin