28.3. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’limda o‘qitish sifati va samaradorligini bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi qat’i y xulosaga kelindi. Ana shu sababli ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilab berildi”21. Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ishlab chiqildi va ta’limni insonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik davrida o’ziga xos pedagogik nazariyalar maktabi vujudga keldi. Mazkur pedagogik nazariyaning tadrijiy rivojlanishi bu davrda yetakchi bo’lgan millatning ijtimoiy, ilmiy tafakkur darajasini yaqqol ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik fikrlarning taraqqiyoti davlat tomonidan ta’lim-tarbiya oldiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmaga bevosita bog’liqdir. Chunki ijtimoiy buyurtmada davlat va jamiyat ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlari ta’lim orqali qondirilar ekan, xuddi Shu ta’lim tizimining ilmiy asoslanishiga zaruriyat mavjud.
Mustaqillik yillarida o’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik xarakterdagi uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi. U birinchi navbatda Shaxsning ma’naviyati, qobiliyati, iqtidori, salohiyatini ro’yobga chiqarish, uni amaliyotga joriy etish uchun zarur Shart-Sharoitlar yaratishga qaratildi. Bu esa pedagogika fanining yangi metodologiyaga tayanilgan holda rivojlanishiga yo’l ochdi, pedagogik tadqiqotlar ko’lamini kengaytirdi, Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga yo’naltirildi.
Chunki pedagogika fani uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilgan o’quvchi hamda talabalar o’zlashtirgan bilimlar hamda ularning intellectual rivojlanganligigi, axloqiy sifatlarni qay darajada egallaganliklari muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib, tayanch kompetensiyalarni Shakllantirib borish lozim. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim modeli jamiyatda erkin fikrlovchi Shaxsni shakllantirishga olib keladi. Bu esa hayotiy maqsadlariga ega va irodali, o‘z qadrini biladigan insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Ta’lim va tarbiya muntazam ravishda zamon talablariga mos holda rivojlanib, yangilanib boraveradi. Shu o‘rinda uzluksiz ta’lim Sharoitida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon qila oladigan kompetent kadrlarni tayyorlash vazifasi ustivorlik kasb etadi. Zamonaviy ta’lim modeliga asoslangan holda Davlat ta’lim standartlari qaytadan ko‘rib chiqildi. Takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlarida ta’lim oluvchilarda tayanch va predmetga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
“Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, Shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuidan iborat. Bunda har bir Shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi”22.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fani uchun ham, amaliyoti uchun ham ta’lim oluvchilar Shaxsi bosh qadriyatga, ularni barkamol inson sifatida shakllantirish yetakchi maqsadga aylangach, pedagogik nazariyaning mazmun-mohiyati tubdan o’zgardi.
Xullas, mustaqillik in’om etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar va imkoniyatlar asosida, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida rivojlanib borayotgan pedagogik fikrlar ham o’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lib, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Shuning uchun ham pedagogika o’zbekiston Respublikasida ilmning ustivor sohasiga aylandi
Shuningdek, pedagogika fani sohasida xal etilishi zarur bo’lgan quyidagi muhim vazifalar belgilandi: sobiq sho’ro davridan qolgan mafkuraviy qarashlardan voz kechish, ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni amalga oshirish, zamonaviy bilimga ega o’qituvchi kadrlarni tayyorlash, ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim sifatini oshirish, o’quv jarayoni, mazmuni, darsliklar sifatini, o’quvchilarga beriladigan bilimlar hajmini aniqlash, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limini yangidan barpo etish, oliy o’quv yurtlarida zamon talablariga mos mutaxassislar tayyorlashning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
Pedagogika nazariyasini boyitish va barkamol Shaxsni shakllantirish jarayoni ilmiy metodik jihatdan ta’minlanibgina qolmasdan, uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish imkoniyatlari kengaydi. Mamlakatimiz pedagogika fanida ta’lim tizimi hamda o’quv jarayonini boshqarish – pedagogik menejment tizimi vujudga keldi. Ta’limning yangi Shakllari, liberallashtirish imkoniyatlari, Shaxsga yo’naltirilgan o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish asoslari ishlab chiqildi.
Ajdodlarimizning boy pedagogik merosini o’rganish sohasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish yo’nalishidagi izlanishlar;
2. Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash yo’nalishidagi tadqiqotlar;
3. Ta’limninng ilmiy metodik asoslarini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yo’nalishlar;
4. Yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yo’nalishidagi ishlar;
5. Ta’lim tizimi va o’quv jarayonini boshqarish, pedagogik menejment yo’nalishidagi tadqiqotlar;
6. Pedagogika tarixi yo’nalishidagi tadqiqotlar;
7. Xalq pedagogikasi sohasidagi izlanishlar;
8. Xalqaro pedagogik tajribalarni o’rganishga oid tadqiqotlar;
9. O’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlar;
10. Kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar;
11. Oila tarbiyasi to’g’risidagi tadqiqotlar;
12. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim yo’nalishidagi izlanishlar;
13. Barkamol avlodni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiyaga oid tadqiqotlar;
14. Huquqiy, iqtisodiy, ekologik hamda estetik ta’lim-tarbiyaga oid izlanishlar;
15. O’quvchi-talabalarda sog’lom turmush tarziga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar;
16. Axborot resurs markazlari faoliyatlarini yaxshilash yo’nalishidai tadqiqotlar;
17. Xususiy metodikaga oid ishlar.
Mustaqillik yillarida pedagogikaning xususiy tarmoqlari rivojlandi. Pedagogik prognostika, tashxislash, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy-pedagogika, andropedagogika, difektologiya, inklyuziv ta’lim sohasida izlanishlar amalga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda pedagogika fani oldida o’z yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud:
·Mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faol, huquqiy yetuk Shaxsni shakllantirish;
·Darsliklarning yangi tipologiyasini yaratish;
·Pedagogikaning xususiy tarmoqlarida amalga oshiriladigan tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish;
·Yuqori malakali o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning innovatsion tizimini yaratish;
·o’qituvchining ta’lim jarayonini loyihalash sohasidagi bilim va mahoratini oshirish;
·o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va muntazam rivojlantirish orqali, ularni kasbga yo’llashning yangicha texnologiyalarini yaratish;
·o’quvchilar bilimini baholash imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo’nalishlardagi tadqiqotlarni rivojlantirish.
Bugungi kunda pedagogika fani oldida dolzarb vazifalar o’z yechimini kutmoqda:
1. Yoshlarni barkamol Shaxs sifatida shakllantirish jarayonida ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladigan o’quv vositalari, usul va metodlarini qo’llash imkoniyatini yaratish.
2. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy qadriyatlar, an’analar, madaniy boyliklar, o’zbek xalqining urf-odatlarini singdirishga yo’naltirilgan pedagogik tizimni vujudga keltirish.
3. Shaxsga yo’naltirilgan uning ko’pfaoliyatliligiga asoslangan o’quv-biluv jarayonini ilmiy metodik jihatdan ta’minlash.
4. Pedagogika tarixi sohasida fundamental tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish.
5. Tarbiyaviy ishlarning yangicha mazmuni, Shakllarini belgilab berish.
Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi uchun yaratilgan Shart-Sharoitlar natijasida pedagogika nazariyasi va tarixi sohasida nazariy va amaliy xarakterdagi bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi, dtslari takomillashtirildi, o’quv dasturlari va o’quv metodik majmualar yaratildi, uzluksiz metodik xizmat ko’lami kengaytirilib, qo’llanmalar, ilmiy metodik tavsiyalar va monografiyalar ishlab chiqildi.
1. O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, pedagogika mustaqil fan sifatida Shakllandi hamda ilmning ustuvor sohasiga aylandi.
2. Mustaqillik yillarida ilk bor pedagogika ilmida o’zbek o’quvchisi va talabasining milliy ruhiyati, mintaliteti, o’ziga xosligi, imkoniyatlari hisobga olindi va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida ularga ta’lim-tarbiya berishning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etildi.
3. Mustaqillik yillari pedagogika fanining metodologik asosi sifatida milliy g’oya, o’zbek xalqining ko’p asrning ma’naviy-madaniy, pedagogik merosi, qadriyatlari, falsafiy yondashuvlar, dialektik bilish nazariyasi xizmat qila boshladi.
4. Mustaqillik yillarida ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari ob’ektiv ilmiypedagogik yondashuvlarga tayanilgan holda vujudga keltirildi.
5. Mustaqillik yillarida pedagogikaning yangi tarmoqlari: pedagogik antropologiya, falsafiy-pedagogika, pedagogik prognostika, ijtimoiy-pedagogika, pedagogik-diagnostika, statistik pedagogika sohasida salmoqli tadqiqotlar amalga oshirildi.
6. Shuningdek mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar keng ko’lamli bo’lib, ularni quyidagi bir qator yo’nalishlarga mujassamlashtirish mumkin: ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish yo’nalishidagi izlanishlar; ta’lim mazmunini modernizatsiyalash yo’nalishidagi tadqiqotlar; ta’limning ilmiy metodik asoslarini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yo’nalishlar; yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yo’nalishidagi ishlar; ta’lim tizimi va o’quv jarayonini boshqarish, pedagogik menejment yo’nalishidagi tadqiqotlar; pedagogika tarixi yo’nalishidagi tadqiqotlar; xalq pedagogikasi sohasidagi izlanishlar; xalqaro pedagogik tajribalarni o’rganishga oid tadqiqotlar; o’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlar; kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar; oila tarbiyasi to’g’risidagi tadqiqotlar; maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim yo’nalishidagi izlanishlar; barkamol avlodni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy ta’limtarbiyaga oid tadqiqotlar; huquqiy, iqtisodiy, ekologik hamda estetik ta’lim-tarbiyaga oid izlanishlar; o’quvchi-talabalarda sog’lom turmush tarziga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar; axborot resurs markazlari faoliyatlarini yaxshilash yo’nalishidai tadqiqotlar; xususiy metodikaga oid ishlar va h.k.
Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya, uning muammolari va echimlariga bag’ishlangan bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari, monografiya, o’quv adabiyotlar, metodik qo’llanmalar va maqolalar e’lon qilindi.
Bu ishlarda pedagogik fikrlarning ilmiy-metodologik asosi, metodlari, maqsad va vazifalari, yangi yo’nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, Shakl va metodlari hamda Shu kabi muammolarga milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida yangicha yondashishga harakat qilindi.
Mustaqillik yillarida milliy pedagogikamizning nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-tadqiqotlar ham yaratilgan. Pedagogika tarixining ta’lim-tarbiya taraqqiyotida tutgan o’rni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq pedagog olimlar diqqatini tortdi.
Masalan, “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” (Safo Ochil), “Pedagogika” (R.Mavlonova va boshqalar), “Pedagogika tarixidan xrestomatiya” (O.Hasanboeva), “Pedagogika tarixi” (O.Hasanboeva va boshqalar), “o’zbek pedagogikasi antologiyasi” (K.xashimov va boshqalar), “o’zbek pedagogikasi tarixi” (A.Zunnunov va boshqalar) “Barkamol avlod orzusi” (Sh.Qurbonov va boshqalar) kabi pedagogikaga doir darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalari zamonaviy pedagogik kadrlarni kasbiy Shakllantiruvchi ta’lim mazmunidir. Shu ma’noda J.Yo’ldoShev va S.Hasanovning pedagogik texnologiya tarkibiy qismlarini yoritishga oid bir qator o’quv-uslubiy qo’llanmalari, K.Zaripov tomonidan pedagogik mahorat cho’qqisiga erishish bosqichlarini ilmiy pedagogik jihatdan asoslanishi, Sh.Qurbonovning Shaxs va milliy modelning uzviyligi, R.Axliddinov tomonidan dtsning ijtimoiy mohiyatini yoritilishi zamonaviy pedagogika fani va pedagogik fikrlar mazmunida o’z aksini topishi ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Xulosa qilib aytganda, o’zbekistonning mustaqillik taraqqiyoti strategiyasi, xalqimizning kelakjakda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidagi orzu-umidlarini, milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyatini yosh avlod ongi va qalbiga singdirish jarayoni kechayotgan bir davrda ta’lim-tarbiyaga doir nazariy va amaliy g’oyalar muhim ahamiyat kasb etadi va bular asosida ijtimoiy ongni shakllantirish Shart-Sharoitlari, mexanizmini ishlab chiqish pedagogika fani oldida turli asosiy vazifalardan biridir.
28.4. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir konseptual fikrlarning ifodalanishi I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida fikr yuritar ekan, xalqimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy merosni tiklash, xalqni o’z madaniyati, an’analari, ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari, tili, adabiyoti va san’atidan bahramand qilish, buning uchun esa, zarur shartsharoitlar yaratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy asoslarni barpo etishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi.
Mustaqil fikrlaydigan, o’z huquqi va vazifalarini to’la anglagan, vatanparvar, fidoiy, bilimdon – yangilangan ijtimoiy ongga ega bo’lgan barkamol Shaxsni shakllantirish islohotlarning markaziy masalasi qilib qo’yildi.
I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch”asarida ma’naviyatga shunday ta’rif beradi: “ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”. “Ma’naviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’noda “ma’naviyat” tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.
Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlaridan biri insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishi hisoblanadi. Bu esa insonlarni doimo halol va pok yashashni o‘ziga hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb bilishiga asos bo‘ladi.
I.A.Karimov inson ma’naviyati xususida fikr yuritar ekan, bugungi kunda insonlardagi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, bir-birini inkor qiladigan ikki xil xayotiy qarash mavjudligini ta’kidlaydi.