Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi buyicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan olada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi; bola jamiyatda qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bolalikni inson o‘zining butun hayoti davomida his etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi, mulkiy qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi. Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakillari
Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar. Sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar. Hamma davrlarda kam oila o‘zining bolalarni tarbiyalashda yordam olishga talabni his etgan. Tarixning ko‘rsatishicha odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik hayot bo‘lib o‘tib ketgan. Zamonaviy rivojlangan jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmokda. Shuning uchun jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash hakidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi
Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakillari
Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayotining asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolalarning boshlang‘ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. Oila nikoh munosabatlari insoniyatga kadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayok (15 20 ming yil ilgari) ongli nikoh paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lganidayok ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va birgalikdagi bola tarbyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratishiga asoslangan
«Insonning muhim xususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson shaxs sifatida boshqa insonlar o`rtasida shakllanadi». Bu fikrlar kimga tegishli?