Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish. Petalossi o’zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi.
Pestalotsi ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirishdan iborat bo’lishi lozim, deb hisobladi. Pestalotsi savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa qo’ydi, bunday qilish harflarni qo’shib o’qitish metodi hukmronlik qilib turgan o’Sha vaqt uchun g’oyat muhim edi.
Pestalotsi ona tili o’qitishni ko’rsatmali prinsip asosida olib borish va bollarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, Shu tariqa bolalarning so’z boyligini orttirish to’g’risida qimmatli ko’rsatmalar berdi.
Pestalotsi zeriktirarli va bir xildagi mashqlar qildirish bilan bolalarda kuzatish, narsa yoki hodisaning belgilarini aniqlay olish malakasini o’stirishga, biror narsani aniq va to’la tasvirlab bera olish malakasini hosil qilishga intildi.
Bolalarda yozuv malakasini hosil qilmoq uchun Pestalotsi dastlab to’g’ri va egri chiziqlarni — xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni tavsiya etdi. Pestalotsi yozuv o’rgatishni narsalarni o’lchash va suratni chizish bilan Shuningdek, nutqni o’stirish bilan bog’lab olib borishni taklif qildi.
O’lchashni o’rgatmoq uchun Pestalotsi dastlab to’g’ri chiziq chizishni, so’ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo’laklarga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) bo’lishni o’rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko’rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bolalar bu geometrik jismlarni kuzatib, ularning xossalari va nomlarini o’zlashtirib oladilar, ularni o’lchashni o’rganadilar.
Bola o’lchov natijalarini chizib va yozib olishi lozim; bunday mashqlar bolaga yozuv o’rgatishning asosidir.
Pestalotsi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati. Pestalotsi ko’zga ko’ringan nazariyotchisi va amaliyotchi edi.
Pestalotsi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta’lim nazariyasini yaratdi, bu nazariya dogmatik ta’limga, ya’ni ma’nosini tushunmay yodlashga qarshi olib borilgan XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol’ o’ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to’g’risida juda qimmatli fikrlarni aytib o’tdi. Pestalotsi boshlang’ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang’ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog’lashga intildi, bolalarni mehnatga o’rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e’tibor berdi.