Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim sirasiga Yaponiyada universitetlarnigina kiritish mumkin. Universitetlarga katta o’rta maktablar yoki 12 yillik oddiy dasturda faoliyat ko’rsatuvchi maktablarning bitiruvchilari qabul qilinadilar. Ma’lumotlarga ko’ra, bu mamlakatda 460 ta universitet bo’lib, ulardan 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir. Ularda 1 million 843 ming talaba tahsil oladi. Talabalarning 77,4 foizi yigitlar, 22,6 foizi qizlardir. Aspiranturalarda tahsil olayotgan aspirantlarning bor-yo’g’i 12,9 foizi ayollar bo’lib, ular asosan gumanitar fanlar, san’at, maorif va dorishunoslik sohasida izlanishlar olib boradilar.
Kichik kollejlarda esa ahvol buning tamoman aksi bo’lib, bu erda erkaklar 10,1 foizni, ayollar 89,9 foizni tashkil etadi. Umuman olganda, qishloq xo’jaligi va muhandislikdan tashqari barcha fakultetlarda ayollar ham ta’lim oladilar.
Universitetlar o’zining texnik jihozlanishi, moddiy bazasining bekamu ko’stligiga qarab ikki toifaga bo’linadi. 1-toifadagi universitetda har bir o’qituvchiga 8 nafar talaba, 2-toifadagi universitetda esa 20 nafar talaba to’g’ri keladi. 1-toifa universitetlari har jihatdan 2-toifa universitetlaridan ustun turadi.
Kafedralar tarkibiga asosan profsssor, dotsent va o’qituvchilar kiradi. Kafedra 4 nafar yuqori kurs talabasini bakalavr dasturida, 4 nafarini magistr va 3 nafarini doktorantura dasturida tayyorlashga mas’uldir. Kafedralarda Shy yo’sinda biriktirilgan talabalar xuddi ilmiy tekshirish guruhlaridagidek faoliyat ko’rsatadilar. Yapon universitetlariga kirish uchun ikki muhim bosqichdan o’tish lozim. Birinchi bosqich abiturientlarning turar joyida amalga oshirilib, ular yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix va boshqa fanlar bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar. Test sinovi natijalariga ko’ra, ular qaysi universitetga munosibligi belgilab chiqiladi. Eng yuqori natijalarga erishgan abiturientlar Tokio universiteti, Kioto, Osako, Sapporo universitetlariga qabul imtihonlari topshirishlari uchun yo’llanmalar beriladi.
Xususiy universitetlar esa, qabul imtihonlarini mustaqil ravishda oladilar. Kirish imtihonlari suhbat tarzida o’tkazilib, unda ko’rsatilgan fanlarni bilishdan tashqari tez fikrlash, topqirlik, zukkolik mahoratlari ham sinab ko’riladi. Bir qator xususiy dorilfununlar o’z tarkibida maktabgacha tarbiya muassasalariga ham ega. Bunda tarbiyalanuvchilar ta’limning barcha bosqichlarini Shu universitetning o’zida o’taydilar, pirovard natijada kirish imtihonisiz universitetga qabul qilinadilar.
Universitetlarda tahsil olayotgan talabalar o’rtasida kasb nisbati quyidagicha:
Jamiyatshunoslik fanlari 40 foiz;
Texnika fanlari 20 foiz;
Gumanitar fanlari 1-4 foiz;
Psdagogika fanlari 8 foiz;
Qishloq xo’jaligi, tibbiyot, tabiiy fanlar 3 foiz;
San’at, ro’zg’orshunoslik 2 foiz.
Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Chunki, birinchidan, yuqori malakali mutaxassislarning imtihonidan o’tgan talabalar o’qib keta oladilar, ikkinchidan, talabalar dorilfununlarda o’qiganliklari uchun katta miqdorda pul tulaydilar. Univsrsitstlarda 4 yillik o’qish ayrim talabalar uchun 5, hatto 6 yilgacha cho’zilishi mumkin.
Yapon universitetlarida talabalar o’quv jarayonida 140-150 sinov birligi topshiradilar. Ularda baho mezoni – «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz». Yapon universitetlari asosan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Shunga qaramay, Yaponiyada «Universitet kishini bilim va kasbga yo’naltiradi xolos, uni takomillashtirish, mo’kammallashtirish kishining o’ziga bog’liq» deb hisoblaydilar.