Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə206/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bu mamlakat maktabgacha tarbiya tizimi barcha german elatiga kiruvchi xalqlar uchun ham umumiydir. Ta’kidlaSh kerakki, garchi bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga kirmaydi. Eski erlardagi (sobiq gdrga kirmagan erlar) 24000 dan ortiq bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy Shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Lekin ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalaganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog’chalariga qatnaydilar.
Bolalar bog’chalarida ta’lim tabaqalashtirib olib boriladi. Bu mamlakat tarkibiga kirgan sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida 95 foiz bolalar bogchalarga tortilgan bo’lib, u erda bolalar 3 yoshga to’lguncha yaslilarda tarbiyalanganlar. Albatta, sobiq gdrda maktabgacha tarbiya muassasalariningbarchasi davlat tasarrufida bo’lgan. Sharqiy Germaniyada maktabgacha tarbiya muassasalarining keng tarmoqli bo’lishi ko’pchilik onalarning ijtimoiy mehnat faoliyati bilan bog’liq edi.
Germaniya bolalar bog’chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham mavjud.
Maktab ta’limi. Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi bir erlarda 10 yil) maktabda to’la haftalik o’qishini bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to’la bo’lmagan haftalik o’qishida o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Maktab o’quvchilariga o’quv qo’llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. Ta’lim dastasini turli tashkilotlar, fondlarning xususiy maktablari to’ldiradi, ularga mahalliy hokimiyat tegishli moliyaviy yordamini beradi. Ammo davlatga tegishli bo’lmagan xususiy maktablar mamlakatda juda ham ozchilikni tashkil etadi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin