Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə208/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Hunar-texnika ta’limi. Hunar-texnika ta’limi Germaniya ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bulgan talabning kuchliligidir. Yuqori malaka – insonning jamiyatda mustahkam va ishonchli o’rin egallashini ta’minlaydi, unga mehnat bozori talablari o’zgargan taqdirda ham ishga joylashish imkoniyatlarini yaratadi. Rivojlangan bozorning qattiq Sharoitlarida Shaxsning o’z-o’zini takomillashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi intilishi sababli to’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning (9- 10- sinflar) 79 foizi, to’liq o’rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar-texnika ta’limi tizimi turli tipdagi o’quv yurtlari va o’qitishning turli Shakllariga ega. Eng ko’p tarqalgan va rivojlangan Shakli hunar ta’limining «Dual» tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarining 50 foizi va to’liq o’rta maktablarining 16 foizi o’qishni davom ettiradi.
Maxsus hunar bilim yurtlari va o’rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o’quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishlari mumkin. Shu bilan birga maxsus gimnaziyalar va ustqurma maktablar ham mavjuddirki, ularda to’liq o’rta ma’lumotga ega bo’lgan o’quvchilar hunar o’rganishlari mumkin. Ta’limning tashkiliy Shakllari va uning mazmuniy asosi federal qonunlar va normativlar bilan mustahkamlangan. Lekin Germaniyada federal erning har biri, ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining xususiyatlaridan kelib chiqib, o’zlarining qonunlari bilan ularga o’zgartirishlar kiritishlari mumkin.


Xalq universitetlari. Xalq universitstlariga xixasr oxirlarida Skandinaviya namunasiga ko’ra asos solindi. Uning ham amaliy, ham nazariy ahamiyati bor. Germaniya Federativ Rsspublikasining garbiy qismida qariyb 85 ta xalq universitetlari bo’lib, joylarda ularning 3800 filiallari ham ishlab turibdi. Ular asosan jamoa, tuman yoki ro’yxatdan o’tgan jamiyatlar tasarrufidadir. Viloyatlar ularni pul mablag’i bilan ta’minlab turadilar. Xalq universitetlarining ko’pchiligi kechki, ularni internat xalq universitetlari to’ldiradi. Xalq universitetlarida har yili 900 000 gacha kurslar tashkil etilib, 4-5 million o’quvchi malaka oshiradilar.
Davlat malaka oshirganlarni ragbatlantiradi va bu maqsad uchun har yili 5,5 mln. Marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida o’quvchilarga mablag bilan moliyaviy yordam beradilar. Kurslar va o’quv qo’llanmalari xarajatlari to’la yoki qisman davlat tomonidan to’lanadi. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirish kurslarini tugatganlarning 75 foizi ish bilan ta’minlanadi. Xalq universitetlarida taklif qilingan o’quv yo’nalishlari xilma-xildir. Malaka oshirish sohasida kasaba uyushmalarining ham dastur-lari turli-tumandir. Xalq universitetlari nemis kasaba uyushma birlashmalari, ishchilar birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar. «Mehnat va hayot» – bu erda ishchilar yaa xizmatchilar korxona Nizomiga muvofiq sug’urta va mehnat huquqi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy siyosat kurslarida va boshqa kurslarda o’qishlari mumkin. Korxonalar kengashi a’zolari, xodimlari va boshqa funktsionerlar maxsus akademiyalarda malaka oshiradilar.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin