Internet resurslari: www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси хукумат портали
www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун хужжатлари маълумотлари миллий базаси.
3. www.krotov.info 4. www.gumer.info Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi: a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yoritib bera olsa;
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qoymasa;
fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fakrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli tushunchalar va meyoriy-huquqit xujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;
fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;
mavzular bo‘yicha interfaol taqdimotlar yarata olsa.
b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qoymasa;
fan mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;
fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirasida bajarsa;
fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli tushunchalar va meyoriy-huquqit xujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa.