(arabcha “darasa” – o’rganmoq) – darsoladigan, o’qiladigan joy demakdir. Madrasalar musulmonlarning o’rta va oliy o’quv yurti. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtda madrasalarda davlat muassasalari xodimlari ham tayyorlanadigan bo’lib ketdi.
Madrasalar dastlab VII-VIII asrlarda Islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida paydo bo’ldi. Madrasalarga diniy maktabni bitirgan bolalar qabul qilingan. Madrasalarda ta’lim uch bosqichda; boshlang’ich (adno), o’rta (avsat) va yuqori (a’lo) bilimlarda olib borilgan.
Madrasalarda diniy bilimlardan tashqari tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, jug’rofiya va boshqa fanlar ham o’rgatilgan. Talabalar darsni o’zlashtirishlariga qarab madrasalarda 15-20 yillab o’qiganlar.
|