– shariatda sudya, huquqiy ishlarni hal etuvchi vazifasini bajaruvchi mansabdor. Qozi, shuningdek vasiylikka, vasiyatning bajarilishiga, meros taqsimotiga tegishli ishlarni amalga oshirgan. Qozilar hukmi qat’iy bo’lib, ular ustidan faqat xon va amirga shikoyat qilishgan. Qozikalon eng yuqori darajadagi qozi bo’lib, u hamma qozilar ustidan nazorat qilgan. Qozi-ul quzzot qozikalon o’rinbosari hisoblangan.
RENESSANS
РЕНЕССАНС
Renessans
(fransuzcha “renaissance” – uyg’onish) – aynan qadimiy mumtoz yunon madaniyati, fani, falsafasining tiklanishi. Antik (qadimgi) davrga xos hayotni his etishga yaqin, lekin o’rta asrlardagi kabi moddiylikni gunoh deb hisoblab undan voz kechishni ham inkor etilishi. Yangicha hissiyotlarning, hayot nashidasini sezishning paydo bo’lishi demakdir.
Sharq renessansi va G’arb renessansi mavjud. Sharq renessansi IX-XII va XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, G’arb renessansi XIII asrdan boshlanadi. G’arb renessansi ko’pincha uyg’onish davri deb ham yuritilib, uning ilk kurtaklari Italiyada paydo bo’lgan. Tomazzo Kompanelli, Franchesko Petrarka, Jovanni Bokacholar uyg’onish davri madaniyatining asoschilari edilar.