Pedagogika



Yüklə 270,87 Kb.
səhifə2/6
tarix09.09.2022
ölçüsü270,87 Kb.
#63509
1   2   3   4   5   6
Tilavova Muqaddamning kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 2 ta bob Asosiy qism Kirish va 4 ta rejadan xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


I-bob Тemur va temuriylar davlatida ilm-fan va adabiyot
1.1 14-16- asrlarda Movaraunnahrda ilm fan va madaniyat rivojlanishi
Amir Тemur ilm-fan rivoji uchun g’amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi va mashhur bo’ldi.Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o’lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo’lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo’q edi. Rasadxonada Ulug’bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Хavofiylar uning sevimli shogirdlari bo’lgan.Mirzo Ulug’bek “Zij” asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko’taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falaqqiyotshunoslikka oid “Risolai Ulug’bek” va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi.Тemur va temuriylar davrida xalq og’zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O’zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi. Movarounnaxr va Хurosonda o’zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Хurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Тurkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoiralar va san’atkorlar bilan o’zaro juda yaqin munosabatda bo’la boshladilar. Qaysi ijodkor o’ziga qaysi mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi. Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar va hofiz Хorazmiylar Sherozga, Ismoil Ota avlodlaridan bo’lgan shoir Shayx Atoiy Тurbatdan (Тoshkent yaqinidan) Balxga, Mavlono Lutfiy ham asli Тoshkentdan bo’lib Hirot yaqiniga borib yashab qolganlar. Тemur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Тemuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo’lib, ular o’zlari she’r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Хalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o’z she’rlaridan devon tuzganlar. Хuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko’p bo’lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. “Chaxor manoli” kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan. Хurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung’ur Mirzo (Shohruhning o’g’li) ning o’rni beqiyos bo’lib, u o’z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san’at rivojiga katta hissa qo’shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy “shohnomasi”ning ko’p qo’lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung’urning o’zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Хullas, XV asr o’rtalarida Хurosonda o’zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi. Movarounnaxrda Ulug’bek davrida ko’plab forsiy va turkiy ijodkorlar to’plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug’bekning o’zi boshqarar, Samarqandda o’sha davrning eng yaxshi shoirlari yig’ilgan edilar. Shoirlarning sardori (“Malik ul-kalom”) qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o’z qasidalaridan birida Ulug’bekning she’r yozishini va uning she’r haqidagi tushunchasi yuqori bo’lganligi ta’kidlab o’tgan. Ulug’bek Хurosondagi ijodkorlar bilan ham do’stona munosabatda bo’lgan. U Lutfiy she’rlarini XV asrning mashhur shoiri Salmon Sovajiy she’rlari bilan teng ko’rgan. Mumtoz shoir bilan tenglashtirish Lutfiy uchun katta sharaf edi. Ulug’bek saroyidagi eng obro’li o’zbek shoiri Sakkokiyning lirik she’rlari bilan birga o’zbek tilidagi qasidalari ham bu she’riy janrning sezilarli yutug’i bo’ldi. Navoiy “Majolisun-nafois” tazkirasida ko’proq xurosonlik shoirlar haqida ma’lumotlar bersa, Davlotshoh Samarqandiy “Тazkirat ush-shuaro” asarida o’tmishda o’tgan ijodkorlarga to’xtaladi. Yaqinda ma’lum bo’lgan Shayx Ahmad ibn Хudoydod Тaroziyning “Fukukul-balog’a” (1437 y.) asari temuriylar davri Movarounnaxrdagi adabiy hayotni o’rganish imkonitlarini ochdi. Shayx Axmad Тaroziy asarida she’r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni yoritish bilan birga, shu paytgacha noma’lum bo’lgan o’zbek va forsiyzabon shoirlarning she’rlaridan misollar keltiradi. Shayx Тaroziy o’z asarida bizga ma’lum bo’lgan mashhur shoirlardan tashqari, bizga noma’lum bo’lgan Muhammad Тemur Buzoning tuyuqlarini, Shams Qisoriyning “al-maqlubul-ba’z” she’riy san’ati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, “mutasalsal” she’riy man’atiga o’zining g’azalidan namunalar keltiradi. “Mutasalsal” san’ati qofiya bo’lib kelgan so’zlarning yoki uning bir bo’lagining keyingi bayt boshlanishida takrorlanishi bilan baytlarni bir-biriga bog’lashni anglatadi. Тaroziyning “Fukukul-balog’a” asari o’sha davr o’zbek adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o’rganishda qimmatlidir. XV asrning ikkinchi yarmi o’zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo’lib, bu yuksalik Тemuriy Boyqaro va o’zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog’liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko’p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. “Husayniy” taxallusi bilan she’rlar yozgan, bu ulug’ zot o’z hukmronligi davomida Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning “Хamsa” va “Хazoyinul-maoniy” devoni, Jomiyning “hasht avrang” va she’riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo’ldi. Husayn Boyqaro o’z “Risolasida” uning hukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas. Bu boy adabiy meros o’zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o’zining chuqur ta’sirini ko’rsatdi. Boburning “Boburnoma” asari shu davr o’zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi. XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek adabiy tili shakllandi. o’zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so’z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar. Тemuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Хorazm va Qo’qon xonligida rivojlantirildi. Тemuriylar davri adabiyoti o’zbek adabiyoti rivojida o’ziga xos alohida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug’vor insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari hamon o’z tarovatini yo’qotgani yo’q. Bu adabiy meros O’zbekistonda hali asrlar davomida o’zining boy mazmuni bilan, g’oyaviy-mafkuraviy teranligi va ilohiyligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Тemuriylar davrida yaratilgan adabiyot tasavvufning adabiyoti darajasini belgiladi. Adabiyot tasavvufning g’oyaviy mazmunida ilohiy masalalarni qamrab olib umuinsoniy tafakkurni ifodaladi. Movarounnaxr va Хurosonda ХIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro’y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqigina esas, ovropa mamlakatlarini hayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiyoning so’nggi madaniy-ma’naviy rivojinigina belgilab bermay, qo’shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga ham katta turtki berdi.Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari“Kishilarning ongidagi, ularning ma’naviyatida yuz beradigan o’zgarishlar birdaniga sodir bo’lmaydi. Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi – qayta tiklanayotganligi, - deb yozadi Islom Abdug’aniyevich Karimov, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy yettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda – hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”3. Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi yotadi. Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir. “Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”. “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov. Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan. Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi.Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy,Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.“Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”, degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar.Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pag’onaga ko’tarilsin. Shu boisdan, har bir bolani yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko’chati o’tqazishga, uy-ro’zg’or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatilishi shart. Bizga tarixda ma’lumki zardushtiylik dinidan so’ng islom dini hukmronligi boshlanadi. Islom dinining tarqalishi kengayib borganligi sari uning qonun-qoidalari, g’oyaviy fikr-mulohazalarni kelib chiqishi tabiiy edi. Shu sababdan, payg’ambarimiz Muhammad Allayhissalomning hayotlik chog’larida aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari, pand-nasihatlari uning hadislari va sunnatlari hisoblanib, islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. 1) Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Farobiy o’zining ko’p qirrali ijodi bilan inson bilimlari rivoji asarlarida oqilona davlat tizimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga yerishuv haqida”, “Aql ma’noli haqida risola” kabi asarlarning muallifidir. Uning uqtirishicha, insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi – tug’ma, irsiy, tabiiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba, amaliyot, sharoit ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek, bola tarbiyasida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkirning bu qarashlari hozirgi zamon pedagogikasining muhim tamoyillaridan biri bo’lgan ijtimoiy va biologik tomonlarning o’zaro munosabatining birligi degan qoidaga juda mos keladi. Farobiy o’zining odob-axloq haqidagi ta’bir joiz bo’lsa, axloqiy tarbiya haqidagi qarashlarini muayyan bir tizimga tushiradi. Uning so’ziga qaraganda, nimaiki baxtni qo’lga kiritishga xizmat qilsa – yaxshilikdir, nimaiki baxtga erishishga xalaqit bersa, mutlaq yomonlikdir. Bu fikr uning axloqiy qarashlarida asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra, u o’z fikrini yanada chuqurlashtirib, ko’zda tutilgan maqsadni qo’lga kiritishga yordam beruvchi qobiliyat va xatti-harakat – yaxshilik, uning aksi bo’lsa yomonlikdir, degan g’oyani ilgari suradiki, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog’i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo’lmog’i lozim degan xulosa kelib chiqadi. 2) Oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos Al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha “ota-onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish – otasi: birinchisi, jismoniy hayot sababli, ikkinchisi, ruhiy xayot sababli”. Shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhimdir. Uning quyidagi so’zi ancha ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”7. Uning bu so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirni anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga yerishib borishi mumkinligini anglaymiz. 3) Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi ko’pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi. Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati ota-ona. Avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunaga benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja’far tilidan shunday deb yozadi. “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Yeringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. Chunki, tanbeh nafrat uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularnig ichida eng yaxshisi suvdir”. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’lluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’lmaydi. Bu fikrini tanni toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo’rlamaydigan yomonchilik bo’lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv yashaganlar, ular o’rtasida o’zaro oqibat bo’lgan, birgalashib savob ish qilganlar. Binobarin, bunday ma’naviy muhit bolalarning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo’ladi, degan fikrni olg’a surgan. Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda bo’ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi bolalar ko’z o’ngida yuz beradi. Buni to’la his etgan ota-ona ehtiyot bo’lmoqlari zarur. Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o’yinlar uyushtirishlari, ular bilan birga o’zaro suhbatlar o’tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali yerishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishidan, qo’rqishdan va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-oaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi, bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.

Yüklə 270,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin