Pedagogika


Amir Temurning “ Temur tuzuklari” asaridagi ta’limiy ahloqiy fikrlari



Yüklə 270,87 Kb.
səhifə4/6
tarix09.09.2022
ölçüsü270,87 Kb.
#63509
1   2   3   4   5   6
Tilavova Muqaddamning kurs ishi

2.1 Amir Temurning “ Temur tuzuklari” asaridagi ta’limiy ahloqiy fikrlari
Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay (1336-1406) “Temur tuzuklari” asarining ma’naviy – ma’rifiy va pedagogik mazmuni xususida fikr yuritishdan oldin uning ana shu ta’limoti shakllanishining zaminlari, diniy-axloqiy manba va ildizlari haqida aytib o’tishga to’g’ri keladi Amir Temur ulug’ davlat arbobi bo’lish bilan birga zamonasining komilu fozil, benazir dahosi, Yaratganning nazari tushgan mislsiz qobiliyat va iste’dod egasi, ilm-fan va madaniyatning noyob sohibi edi. Buyuk bobokalonimiz yoshlik kezlaridan boshlab Sharq tarixi va falsafasiga, adabiyot va san’atga, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga iymon e’tiqod bilan qaragan. U xandasa, falaqiyot, mantiq, ilohiyot, fiqx, falsafa, tarix, axloqshunoslik, jug’rofiya, tibbiyot, adabiyot va san’at ilmlarini teran o’zlashtirgan. Zamonasining rasmiy uch tili, — turkcha, forscha va arabchani chuqur va mukammal bilgan. Temurning shijoatli ruhida ilm va ilm axdiga hurmatu e’zozi favqulodda kuchli bo’lgan. “Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aqlu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halolpok inson bo’lib yetishdi” Amir Temur naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Baxovuddin va u yaratgan ta’limotga ixlos-e’tiqodi nihoyatda kuchli bo’lgan. Amir Temur Xoja Shamsuddin Kulol, Sayyid Amir Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka singari ulug’ diniy allomalarni o’ziga pir deb bilgan, ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olgan, buyuk davlat tizimini yaratish va mustahkamlashda foydalangan. Ilmiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur mudom, saltanatda erishgan jamiki narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim — bular hammasi Shayx Shamsiddin al Faxuriyning duosi, Shayx Zaynuddin al-Havofiyning hikmati tufayli va barcha topgan barakalarim esa faqat Sayyid Baraka yordamida , bo’lgan, der ekan. Amir Temur islom rahnamolari — sayyidlar, shayxlar, xo’jalarga samimiyat bilan munosabatda bo’lgan. Buyuk jahongirning islom diniga munosabati va tasavvuf ahliga e’tiqodi uning “Tuzuklar” va unga nisbat berilgan “Tarjimai hol” deb nomlangan asarlarida, Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitoblari va boshqa ilmiy manbalarda o’z ifodasini topgan. “Yana tajribamda ko’rib bildimki,-deydi Amir Temur davlat agar din-u oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigito’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim… O’z saltanatimni shariat bilan bezadim”. Amir Temur sayyidlarga mehribonlik qilib, ularni o’ziga yaqin tutgan. Ulamo va fozillarga izzat-ikrom ko’rsatib, ularni boshqalardan ustun va ulug’, deb bilgan. Diniy arboblar, ulamo va shayxlar bilan mazmunli bahslar yuritgan, martabalarini har doim oshirib, sovg’a-salomlar in’om etib turgan. “Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqxdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim. Turli mamlakatlardagi sadrlar va qozilarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga o’xshash har el va har shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma’lumot berib tursin, deb adolat amrini tayinladim. Shu tariqa dinni rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim” Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda Amir Temur Qur’on va Hadis talablariga qatiy amal qilgan, ularga zid ish qilishga zinhor yo’l bermagan. U islom dinini, shariat qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan. Amir Temur diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham mukammal o’zlashtirgan. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo’lmagan biron-bir sohasi bo’lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur “Temur tuzuklari” misoldir. Ilmiy, falsafiy, tarixiy manbalarda, hozirgi zamon muarrixlarining asarlari, ilmiy tadqiqotlarida Amir Temurning Movarounnahr, Xurosonning bir necha ming yillik ilmfan, Amir Temur yoshligida olishuv-kurash, ot o’yinlari, chavandozlik, poyga, merganlik (tirandozlik), qilichbozlik, nayzabochlik, tosh ko’tarish, uzoqqa chopish kabi musobaqalarda qatnashib, chiniqqan. Yoshligidagi bu o’yin-mashqlar keyinchalik sohibqironga juda asqotgan. O’zi o’yin-mashqlarda chiniqqan Amir Temur xalq o’yinlaridan o’z qo’shinini harbiy jihatdan tayyorlashda keng foydalangan. Jaxongir Amir Temur qo’shinini ruhiy va jismoniy bardam qilish uchun mashq, musobaqa, o’yinlar tizimini yaratgan. Amir Temur o’z sipohiylarining nihoyatda jasur, epchil va chaqqon bo’lishini talab etgan. O’z askarlarini qilichbozlik, nayza uloqtirish, merganlik, baland qoyadan arqonda chuqur soyga tushib o’zi bilan yana pastdan tosh olib chiqish va hokazo harbiytayyorgarlik mashqlaridan foydanishga o’rgangan. Amir Temur qo’l, qalqon, pichoq, qilich, yoy, nayza va tig’ bilan jang qila oladigan jismoniy va ruhiy baquvvat polvon, mergan, qilichboz askarlar – mahoratli jangchilar tayyorlash maktabini yaratgan. Amir Temur ulug’ligining zaminida uning ma’naviy sifatlari turadi. Sohibqiron bobomiz ma’naviyat, diniy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari markazida islom ta’limoti, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, tavhid, tafsir, fiqx, tasavvuf ilmi va falsafasi turganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi. Tasavvuf falsafasi Amir Temurga turonliklarning mo’g’ul istibdodiga qarshi erk va mustaqillik uchun boshlangan harakatlarga rahnomoligi uchun g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi, milliy qahramonga aylanishida ma’naviy asos bo’ldi. Tasavvuf mohiyatini yoshligidanoq teran his qilib, anglab yetgan bobomiz yurt mustaqilligi uchun muzaffar kurashga otlangan edi. U butun umri mobaynida davrining ulug’ mutasavvuflari, pirlari bilan suhbatdosh bo’ldi, ularning pand-nasihatlari, ma’naviy yo’l-yo’riqlari va ko’maklari sharofati bilan milliy davlat asoslarini yaratdi. madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarini chuqur bilganligi va astoydil hurmat qilganligi haqida aniq ma’lumotlar berilgan. U o’z Vatani tarixini, ayniqsa, qadimiy Turon va Turkiston xalqlari davlatchiligi masalasida keng bilim va ma’lumotga ega bo’lgan. Amir Temur mislsiz yorqin tarixiy shaxs sifatida o’zini tarbiyalagan, o’ziga ma’naviy oziq bergan, buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, Sharq donishmandlari – Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning tabiiy ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlaridan to’la xabardorligi bugun hech kim uchun sir emas. Amir Temur Sharqona an’analarga sodiq qolib, vaqti-vaqti bilan olimlar, faylasuflar, hokimlar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislar, amirlar, vazirlar, dongdor san’at namoyondalari, turfa kasb-hunar egalari bilan kengashib, ularning maslahatini olib ish yuritgan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida Eron imomlarining ulug’lari va Turon sohibi ixtiyorlarining fozillaridan bo’lmish nomdor ulamolar va fozilu fuzalolar bilan Amir Temur o’tkazgan kengash haqida hikoya qilingan. Unda Amir Temur, “o’tgan asrlardagi ulamolar sultonlarga yaxshilik va adolat bobida yo’l ko’rsatganlar, sizlar esa menga rahnomolik qilmaysizlar va men bajarishim vojib va lozim bo’lgan narsalarni menga aytmaysizlar… Menga tahsin aytish va mening mijozimga muvofiq gapirishingiz menga xush kelmaydi, vazifa shuki, sizlar har toifa har tomondan kelgansizlar, u tomonning yaxshi ham yomon ahvolu avzoyini menga aytinglar va hech nimani mendan yashirmanglar. Men bu so’zni sizlar menga ishonch bildiringlar yoki undan mening mulkimga biror foyda etsin, deb aytayotganim yo’q”, deydi. Ana shu fikrlarning o’zi ham Amir Temur o’z davlatini faqat harbiy kuchga suyanib emas, balki aql-zakovat, dinu diyonat, ijtimoiy adolat qoidalariga asoslanib idora etganligini isbotlab turibdi. “Adolat kuchda emas, kuch-adolatdadir,” degan shior Amir Temur saltanatining ilmiy-falsafiy, axloqiy-ma’naviy mezoni bo’lib xizmat qilgan. Olimu fuzalolar, diniy ulamo va allomalar boshini doimo silab turganligi o’laroq, firdavsmonand poytaxt Samarqand jahon ilm-fani va madaniyatining gultoji hisoblangan faylasuflar, fiqxshunoslar, tarixchilar, musiqashunoslar, munajjimlar, muhaddislar, mutasavvuflar maskani bo’lgan. Mavlono Abdumalik, Sayyid Sharif Jurjoniy, Xoji Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshox, Sa’diddin bin Umar Taftazoniy va boshqa allomalar Amir Temur rahnamoligida unumli ijod qilib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissalarini qo’shganlar. Ushbu dalillar Amir Temurning dunyo qarashi, din, odob-axloq, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi fikr va mulohazalari zaminsiz paydo bo’lmaganligidan dalolat beradi. Shaxsan Amir Temurning o’zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Uning saltanati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo’g’rilgan saltanat edi. Ma’naviyat va ma’rifat, din, odob-axloq haqidagi Amir Temur ta’limotining mohiyatini chuqur va mukammalroq bilib olish uchun uning o’zlari tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u hakda yozgan asarlarini ko’zdan kechirish kifoyadir. “Temur tuzuklari”, “Amir Temur o’gitlari”, “Amir Temur vasiyati”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma”, B.Ahmedovning “Tarixdan saboqlar” va “Amir Temur”, Evgeniy Berezikovning “Buyuk Temur”, Ashraf Ahmedovning sohibqiron tarjimai holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sohibqironning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti asoslari, murakkab va serqirra hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati uning “Tarjimai holi” da va “Tuzuklari” da chuqur bayon etilgan.. Amir Temurning insonparvarligi, millatsevarligi, ma’na-viyat va ma’rifatning jonkuyar homiysi sifatidagi insoniy fazilatlarini uning farzandlariga qoldirgan vasiyat so’zlarida yaqqolroq namoyon etilgan: “O’g’illarim, millatning ulug’ martaba-sini, saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va “Tuzuklar” ilmni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangiz. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o’lsin. Men kabi uzun saltanat surmak istasangiz qilichingizni yaxshi o’ylab chekingaz. Bir daf’a chekkanda so’ngrada uni ustalikla qo’llangiz. Orangizda nifoq tuxumlari ekilmasligi uchun ko’p diqqat bo’ling. Ba’zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmakka, bundan foydalanmakka chalishajaqdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko’rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas”. Amir Temurning farzandlari-yu nabiralariga qilgan o’gitlari a yo’l-yo’riqlariga uning o’zi umrbod qat’iy amal qilgan. Jamiyatda ijtimoiy adolat tantanasi uchun kurashda ikkilanish, chekinish nimaligini aslo bilmagan.U kuch-qudrat zo’rlik, zo’ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini chuqur anglab yetdi. Adolatni kuch bilan, kuchni esa adolat bilan uyg’unlashtirdi. Temur tamg’asining naqshi “Rosti-rusti” bo’lib, bu “Haqgo’y bo’lsang – najot topasan”, demakdir. Sohibqiron “Kuch-adolatdadir”, degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan, jabr-sitam yo’lini berkitgan. O’z davrida hech bir davlatda bo’lmagan va tarixda kamdan-kam uchraydigan lavozim — “Adolat amiri” lavozimini ta’sis etgan. Adolat Amir Temurning yurak dardi, hayotining mazmuniga aylanganligiga uning hayot dasturi bo’lmish “Tuzuklar” guvohlik beradi: “Endi mening nomdor baxtiyor farzandlarim va mamlakatlarni zabt etuvchi iqtidorli nabiralarimga yo’l-yo’rig’im shulki, men o’n ikki narsani o’zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o’n ikki narsa yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Davlatu saltanatimni va o’zlarini ehtiyot qilsinlar” Amir Temur umr bo’yi amal qilgan o’n ikki tamoyillardan Birinchisi – har yerda va har vaqtda islom dinini quvvatlaganligi, Ikkinchisi davlat ishlarini mamlakatning ustunlarini tashkil qilgan turli tabaqalar va toifalar bilan quvvatlab, maslahatlashib, kengashib olib borganligidir. Uchinchi tamoyil– Amir Temurning saltanat ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizganligi, ko’p narsalarni bilib tursada, o’zini bilmaslikka olganligi, do’stu dushman bilan murosa-madora qilganligidan iborat. To’rtinchisi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga, to’ra va tuzukka tayanib va asoslanib boshqarishni tashkil etsa, Beshinchisi amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo’lib, ularga izzat-hurmat ko’rsatib, martabalarini ulug’lab, ish tutganligidadir. Oltinchisi – adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zidan rozi qilganligidir. Yettinchisi – sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan, darvish, faqir va miskinlarni e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-hurmatlarini jazm bilan ish tutganligidir. Sakkizinchisi – azmu jazm bilan ish tutgan, ya’ni biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan bo’lsa, unga butun vujudi bilan kirishib, oxiriga yetkazgan. Nimaiki degan bo’lsa, unga amal qilganlarni qo’llab-quvvatlaganligidiryu To’qqizinchisi – raiyat ahvolidan ogoh bo’lganligi, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rganligidir. O’ninchisi – turku tojik, arabu ajamning turli toifa hurmat ko’rsatilganligi va qolganlarini ham o’z holiga yarasha siylaganligidir. O’n birinchisi do’stlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganida unutmasdan molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etganligidir; O’n ikkinchisi – do’st-dushmanligiga qaramay har joyda sipohiylarni hurmat qilganligidir. Amir Temur o’zi kashf etib amalda qo’llagan tamoyillarining keyingilarida, biror kimsaga nohaq tuhmatu g’iybat qilsalar quloq solmaganligini, biron ishni qilishga qasd qilgan bo’lsa, butun zehni, vujudi bilan bog’lanib, bitirmaguncha undan qo’l tortmaganligini, har neki degan bo’lsa, unga amal qilganligini, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarni farzand o’rnida ko’rganligini, yaxshilarga yaxshilik qilib, yomonlarni esa o’z yomonliklariga topshirganligini, kim do’stlik qilgan bo’lsa, do’stligi qadrini unutmaganligini ta’kidlaydi. Amir Temurning buyukligi shundaki, u hech kimdan o’ch olish payida bo’lmagan, tuzini tatib, yomonlik qilganlarni Parvar-digori olamga topshirgan. Sofdil kishilar, olim va fozillarga dargohi ochiq bo’lgan, nafsi yomon, ko’ngli buzuq kimsalarni esa o’ziga yaqinlashtirmagan. Har kimning qadr-qimmatini amaliy faoliyati, odob-axloqi, iymon-e’tiqodiga qarab o’lchagan. Ana shu tariqa sohibqiron bobomiz adolat, qadr-qimmat, or-nomus, burch, mas’uliyat, vijdon, iymon-e’tiqod, halollik, fidoyilik singari ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida necha-necha avlodu ajdodlarga dastur va yo’l-yo’riq bo’lib xizmat qiladigan ta’limotlar yaratgan va hayotga shaxsan o’zi joriy etgan. Amir Temur, odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pandnasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. Tuzuki Temuriy (“Temur tuzuklari”), “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) va “Voqioti Temuriy” (“Temurning boshidan kechirganlari”) nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan asarlar, XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning “Mujmali Fosihiy”, Nizomuddin Shoomiy (tug’ilgan va vafot etgan yili ma’lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur “Zafarnomasi”, ibn Arabshoh (1389— 1450)ning “Ajoyib ulmaqdur fi axbori Temur” (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin xoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy) qalamiga mansub “Temurnoma” (Amir Temur ko’ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o’zi amal qilgan quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi. Birinchi sifat: “Men sifatlarimning eng avvali deb beg’arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim, boyni kambag’aldan ustun qo’ymadim”. Ikkinchi sifat: “Men har doim Islomga qat’iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga-hurmat bilan qaradim”. Uchinchi sifat: “Men kambag’allarga ko’p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim”. To’rtinchi sifat: “Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf’ etkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim. Qur’ondagi parvardigorning Allohning amriga bo’ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o’zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo’yi barcha yumushlarimda unga amal qildim”. Beshinchi sifat: “Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim. Avval tangriga itoatni ado etib bo’lgandan keyingina kundalik ishlarga qo’l urdim”. Oltinchi sifat: “Barcha so’zlarimda doim haqiqatgo’ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlarimdagi haqiqatni yolg’ondan ajrata bildim”. Yettinchi sifat: “Men har kimgaki, va’da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo’lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim’. Sakkizinchi sifat: “Doimo o’zimni Allohning yerdagi mulkining posbon deb bildim va parvardigorning iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar etkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon bi-rovning mulkiga ega bo’lishga intilmadim va, shuningdek, hech qachon ko’proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo’lgan voqea menga ibratli bo’ldi. O’z fuqarolarining mol-mulkiga nisbatan ochko’zligi pirovardida uni halokatga olib keldi”. To’qqizinchi sifat: “Men har doim tangrining amrini va uning payg’ambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini to’la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo’sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o’zimni tiydim. Payg’ambar va uning sahobalarini o’zimning yagona va eng yaxshi do’stlarim deb bildim” O’ninchi sifat: “Men har doim insof bayrog’ini baland ko’tardim va iymon tarqatigani o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug’ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat, buyuk bo’ladi”. O’n birinchi sifat: “Men doim sayyidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi”. Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o’gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Bu o’gitlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish: goh muvaffaqiyatli, goho muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona — pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni boshqarish va uni idora qilish, g’olibona harbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida buzilmas do’stlik, mehr-shafqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalash kabi muammolarni hal qilishga bag’ishlangandir. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra Sohibqiron Amir Temur o’gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir: a) din va shariat;
b) davlat va uni idora etish;
v) kengash o’tkazish;
g) podsho va vazirlar.
Axloq va odob haqidagilarga quyidagilar kiradi:
adolat va adolatsizlik;
so’z va ishning birligi;
do’st va dushmanlik;
botirlik va qo’rqoqlik;
so’z va shirinsuxanlik.
Shunday qilib Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarlari olamshumul tarixiy voqealarni haqqoniy aks ettirgan tarixiy yodgorlikdir, undagi odob-axloq, vatanparvarlik va adolatparvarlik g’oyalarini yoshlar qalbiga yetkazib berish bizning burchimizdir


Yüklə 270,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin