O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA” FAKULTETI
“BT va STI ” yo’nalishi 4- kurs 186-guruh talabasi Tilavova Muqaddamning
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi
Topshirdi: Tilavova Muqaddam
Qa’bul qildi: ____________________________
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………3-6
I-bob. Тemur va temuriylar davlatida ilm-fan va adabiyot …………………………………………………………. 7-18
1.1 14-16- asrlarda Movaraunnahrda ilm fan va madaniyat rivojlanishi …………… 7-14
1.2 Temuriylay davrida pedagogik fikrlarning maydonga kelishiga hissa qo’shgan mutaffakirlar ning faoliyati………… 15-17
II-bob Amir Temurning ma’anaviyat, ma’rifat va ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti asoslari ……………… 18-32
2.1 Amir Temurning “ Temur tuzuklari” asaridagi ta’limiy ahloqiy fikrlari…………………………………………………………………18-28
2.2 Buyuk sarkarda Amir Temurning oilada ahloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida tushuncha…………………………………………………29-31
Xulosa………………………………………………………………………32-33
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………34
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalardan biri barkamol shaxs kamoloti masalasi ekanligi ayon bo’ldi. Jamiyatda barkamol avlodning yetishib chiqishi ta`lim-tarbiya ishidagi nechog`lik izchillik va uyg`unlikka bog`lig`ligi ma`lum. Shu bois ham mamlakatimizda qabul qilingan “Ta`lim to’g`risida”gi Qonun asosida ta`lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning mazmun mohiyati Milliy istiqlol g`oyasining tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-ig`tisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormog`da. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Milliy g’oyaning asosiy negizi ajdodlarimiz yaratgan urf-odatlarda,ulug` allomalarimiz qoldirgan boy va bebaxo merosga borib taqaladi.Ibn Sino, al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Qozizoda Rumiy, AmirTemur, Ulug`bek, Ali Qushchi, Bobur, Alisher Navoiy kabi ulug` mutafakkirlar,inson ma`naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniy ongni, madaniy- ma`rifiy qarashlarini o`zgarishda o`z davrida va keyinchalik ham asosiy ro`l o`ynadilar.Ular tomonidan inson kamolotiga doir beqiyos, ta`limotlar yaratildi.Ularning axloq-odobiga doir ma`naviy qarshlari butun jaxonga o`rnak bo`larli man’o mazmun kasb etdi. Men milliy merosimizga murojaat qilib, jahongashta sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol tarbiyasi borasida olib brogan bildirgan fikr-mulohazalarini, tuzuklardagi g`oyalardan foydalanish xususida to`xtalmoqchiman. Sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol insonni tarbiyalash haqidagi axloqiy fikrlari bugungi kun yoshlar tarbiyasi uchun ham muhim ekanligini hammamiz bilamiz. Ularning inson tarbiyasi haqidagi qarashlari mustaqil Respublikamizni kamolga yetkazishda muhimdir. Shaxsni tarbiyalshda soxibqiron haqidagi rivoyatlardan boshlang`ich ta`lim jarayonidan boshlab o`qishi, sinfdan tashqari o`qish, odobnoma va turli tadbirlarda foydalanish, ulardan foydalanishning yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish lozim. Amir Temur bahodir, qo’rqmas, jasur kishi sifatida gavdalanadi. Bugungi yosh o`quvchilarimiz Amir Temurning qahramonliklari, qilgan jangu-jadallari, qurdirgan obidalari, yaratgan bog`lari zafarga to`la yurishlari asosida, hamda yaratgan tuzuklari asosida ta`lim-tarbiya berish zamonning muhim masalasidan biridir. Amir Temurning bolalarga yoshligidanoq bilim, ma`lumot va tarbiya berishlikni ko`rsatib, o`g`il-qizlarni yoshlikdan tarbiyachiga-muallimga berish lozimligini aytadi. Shu bilan yoshlar ilk yoshidayoq fanlar va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta`kidlaydi. Umuman olganda Amir Temurning tuzuklari haqida ko`plab ijobiy fikrlarni aytish mumkin. Shu mavzuni imkoniyat darajasida yoritish maqsadida malakaviy bitiruv mavzusi: “Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma`naviy tarbiyasida Amir Temur o`gitlaridan foydalanish” deb belgilandi. Dеmak, inson, uning kamoloti, erkinligi butun ta'lim-tarbiya tizimining markazida turmog`i lozim. Inson uchun oliy qadriyat, oliy maqsad bo`lib qolishi, buning uchun, eng avvalo, yoshlarning ularga ta'lim-tarbiya bеrayotgan barcha kishilarning, Hazrat Navoiy aytganlaridеk, o`zi pok, so`zi pok, dili pok bo`lmog`i lozim. Ikkinchidan, O`zbеkiston jahonga yuz tutdi, jahon ham O`zbеkistonga o`z bag`rini ochmoqda. O`zbеkistonga, uning xalqiga har kadrning shaxsiy sifatlariga o`zaro baho bеrib, munosabat bеlgilaydilar. Bunday sharoitda bo`lajak mutaxassis o`z kasbining qay darajada ustasi ekanligi, ayni chog`da O`zbеkiston fuqarosi sifatidagi fazilatlariga qarab, xorijliklar bizning mamlakatimiz haqidagi tasavvurlarga ega bo`lishadi. Buni har bir yosh avlod nazarda tutishi, shundan kеlib chiqib ta'limga munosabatda bo`lishi, o`z-o`zini va milliy o`zligini anglashi muhimdir. Ya'ni, yoshlarda o`z Vatani, xalqi oldidagi yuksak mas'uliyat hissini barqaror qilishning yangi, yuqori darajasiga erishishini rivojlantirishning o`zi ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirishni dolzarb masala sifatida qo`ymoqda. Uchinchidan, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning o`ziga xos va o`ziga mos xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy yo`naltirilgan mazmunga ega. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda faoliyat ko`rsatadigan kadrlarning ichki dunyosi – “mеni” yuksak idеallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi uchun ta'lim-tarbiya tizimining butun yo`nalishi insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgan bo`lishi lozim, ya'ni bozor iqtisodiyoti munosabatlari odamda hayvoniy hirslar rivoji uchun emas, aksincha, insoniy fazilatlar to`la ravishda ro`yobga chiqishiga xizmat qilsin. Boshqacha aytganda, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish, huquqiy dеmokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyati qaror toptirishga piravard ijtimoiy maqsad emas, balki har tomonlama kamol topgan, iymon-e'tiqodli, yuksak madaniyatli insonlarni voyaga yеtkazish, ular o`z qobiliyatlari, is'tеdodlarini erkin ro`yobga chiqarish uchun qulay sharoit sifatida qaralmog`i lozim. To`rtinchidan, ta'lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanishning nazariy va ilmiy jihatlari shu sohada mеhnat qilayotgan kadrlar ongi va qalbidan zarur darajada o`rin olishi kеrak. Ular ta'lim-tarbiya “Ta'lim to`g`risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish bo`yicha bеlgilangan vazifalar asosida olib borilishi lozim.Kurs ishining maqsadi: Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi haqida fikrlari o’gitlari talimot va islohotlarini o’rganish.Kurs ishining obyekti: Amir Temur va boshqa Sharq mutafakkirlarining talim tarbiya odob-axloq borasidagi fikrlarini o’rganish.Kurs ishing vazifalari: Amir Temurning ta’lim tarbiya sohasidagi ta’limotlarini o’rganish.Amir Temurning odob-axloq, ta'lim - tarbiya to’g'risidagi o’gitlari haqida mulohazalar yuritish.Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari haqida mavzuni yoritib berish.Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida odob-axloq tarbiya haqida fikrlarini tahlil qilish va xulosalar berish.
Dostları ilə paylaş: |