Pedagogika va ijtimoiy ish



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə106/219
tarix13.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#176068
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   219
Pedagogika va ijtimoiy ish

Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.

Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo’llanadi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o’zaro bir-biriga bog’langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo’lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.



Ta’lim usuli – o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.

Masalan, o’qituvchilar tomonidan ko’p qo’llaniladigan mashq manbasiga ko’ra amaliy metod hisoblansa, uni qo’llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o’qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko’rsatish (2-usul), o’qituvchining namunasi asosida o’quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o’quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.


O’qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o’rniga “uslub” tushunchasini ham qo’llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o’zida to’liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko’proq xususiy (so’z borayotgan holatda aynan o’qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo’lib, aniq maqsadga erishish yo’li sifatida xizmat qila olmaydi.

Pedagogik texnologiya – bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir.

Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo’llaniladi:



Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin