Didaktika so’zi yunoncha didaktikos “o’rgatuvchi”, didasko esa – “o’rganuvchi” ma’nosini bildiradi.
Bu so’z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Vol`fgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.
Bu tushunchani shunga o’xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi.
shu rasmdagi bolaga nazar solaylik bu rasmdagi bola qilayotgan ish oddiy tuyilishi mumkin lekin yaxshilab e’tibor qilsak bu bola rasmlarni urganishi farqlay olishni urganayapdi. Umumiy jihatdan ta’lim va tarbiya olayapdi. didaktikaga misol bulishi mumkin.
Didaktikaning predmeti, funktsiyalari va vazifasi. Pedagogik fan o’qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar.
Didaktikaning predmeti, funktsiyalari va vazifasi. Pedagogik fan o’qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o’rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi.
Didaktika – bu pedagogik fan bo’lib, u ta’limning nazariy jihatlarini o’rganadi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur.