Didaktik nazariya (kontseptsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik kontseptsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etil
Didaktik nazariya (kontseptsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik kontseptsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik nazariya (kontseptsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik kontseptsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari bo’yicha yaxlit holatni belgilash, ajratib ko’rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik kontseptsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:
an’anaviy;
progressiv;
zamonaviy.
Ta’lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik kontseptsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog’liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o’quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.