1. Ta’lim mazmuni (didaktika) haqida tushuncha. Ta’lim jarayoni: o‘qitish va o‘qish.
2. Ma’rifiy jarayonlar sub’ektlarining muloqot shakli sifatida ta’lim jarayonining mohiyati.
3. Ta’lim shakllari, ularning xususiyatlari, belgilari va funksiyalari.
4. O‘qish ko‘nikmasi.Matnlar bilan ishlash asoslari.
5. Matnning tuzilishi va uning tahlili. Ta’lim oluvchilar yozma ishlarining turlari.
Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o’z nazariyasiga ega bo’lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o’zgarishlar olib keldi: aynan o’sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.