5. Ijtimoiy mardlik (dadillik-tortinchoqlik). Ballar yigʼindisi: 5, 15, 25, 35, 45, 55, 65, 75, 85, 95.
1-3 ball (3,5). Siz tortinchoqsiz, uyatchansiz, oʼzingizga ishonmaysiz; ,qoʼrqoqsiz, doim oʼzingizni chetga olasiz, odatda oʼzingizdan koʼnglingiz toʼlmaydi, sizdagi nerv sistemasi taʼsiriga oʼta beriluvchan boʼlib, har qanday xavf-xatarga kuchli reaktsiya qilasiz. Odamlar bilan birgalikda ish qilishni yoqtirmaysiz, sekin qiynalib gapirasiz. Ijtimoiy dadillik koʼrsatkichi past odamlarning “Men-kontseptsiyasi” koʼpincha, salbiy boʼlib uning ishiga va ijtimoiy mavqeiga salbiy taʼsir etadi..
5-6 ball (4; 4,5; 6,5;7 ball) –Sizni ijtimoiy dadillik boʼyicha koʼrsatkichingiz pedagogik faoliyat uchun eng maqbul koʼrsatkich. Siz yetarli darajada botirsiz, odamlar bilan aloqaga erkin kirisha olasiz, muomaladagi qiyinchiliklarni yenga olasiz, kutilmagan holatlarga tushib qolganingizda oʼzingizni yoʼqotmaysiz.
8-10 ball (7,5 ball). Siz toʼla erkinsiz, ijtimoiy botirsiz, ehtiyotkor emassiz, yangi narsalarni tekshirib koʼrishni yaxshi koʼrasiz. Shuningdek, “teringizning qalinligi” detallar bilan ehtiyotsizlik bilan muomalada boʼlishingizda, xavfli belgilarni eʼtirof etishda, zoʼriqish vaziyatini yengil boshdan kechirishda muhim rol oʼynaydi. Uddaburonsiz, shu bilan birga oʼz faoliyatingizda xavf-xatardan qoʼrqmaslik holatini oqlamaydi.
6. Ishonuvchanlik – shubhalanish. Ballar yigʼindisi: 6, 16, 26, 36, 46, 56, 66, 76, 86, 96.
1–3 ball (3,5 ball) – Siz ishonuvchansiz, bu xususiyatingizdan atrofdagilar foydalanishadi. Rashk yoki koʼra olmaslikdan butunlay ozodsiz. Quvnoqsiz, raqobatga intilmaysiz, boshqalar haqida qaygʼurasiz, guruhlarda yaxshi ishlaysiz.
Sizning bu xususiyatingiz hamkasblaringizga maʼqul keladi. Oʼylab koʼring va oʼzingiz xulosa qiling.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball) – Siz aqlingizga asoslanib ishonasiz, bu faoliyatingizni samarali boʼlishiga olib keladi.
8–10 ball (7,5 ball) – Siz shubhalanuvchansiz, deyarli har doim alohida fikringiz boʼladi, sizni aldab boʼlmaydi, siz ishonuvchan emassiz, ikkilanasiz, harakatlaringizda ehtiyotkorsiz, boshqalarga kam gʼamxoʼrlik qilasiz, boshqalar muvaffaqiyatini koʼra olmaysiz, koʼproq ichki kechinmalarga berilasiz. Oʼzini “Men”ini va “Men–kontseptsiyasi”ni bunday agressiv shaklda himoya qiladigan shaxs “Meni muvaffaqiyatlarimga yetarli eʼtibor berishmaydi va yetarli baholashmaydi”, deb hisoblaydi. Shuni bilingki, qanchalik kasbiy qobiliyatlaringiz shakllangan boʼlsa, shunchalik shubhalanish kam boʼladi.