2.2-§ Innovatsion metodlar asosida o‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish shakl, metod va vositalari Innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari asosida o‘quvchilarning innovator qobiliyatlarini rivojlantirish hozirgi sharoitda uning sub’ektiv realligi sifatida talqin etiladi.
Ma’lumki, innovatsion ta’lim jarayoni reproduktiv xarakterdagi an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tarzda vujudga keldi. Uning o‘ziga xos jihati - ta’lim oluvchilarning mustaqil, ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligidadir.
Innovatsion o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlashlarni rivojlantirish pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimidagi eng muhim ijtimoiy-pedagogik muammo bo‘lib, bu sohadagi vazifalarning samarali yechimi oliy maktabdagi o‘qitish jarayonini innovatsion talablar va innovatsion hamkorlik munosabatiga asoslangan ta’lim sharoitida amalga oshirish bilan belgilanadi.
Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish natijasida innovatsion o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlashlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritildi.
Innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etishga qaratilgan pedagogik faoliyat quyidagilar bilan bevosita boliqdir:
ta’lim oluvchilarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoniga maxsus tayyorlash;
mahsuldor ta’lim muhitini tashkil etish;
muayyan o‘quv predmetlari bo‘yicha mahsuldor o‘quv materiallari va didaktik topshiriqlartizimini tanlash va loyihalashtirish kabilar.
Innovatsion ta’lim nazariyasi o‘zida kompetentlilikka asoslangan yondashuv hamda loyihachilikka yo‘naltirilgan muammoli ta’lim paradigmalarini mujassamlashtiradi. Innovatsion ta’lim nazariyasidagi mazkur yondashuvlar va texnologiyalar ta’lim oluvchilarda kreativ tafakkurning turli shakllarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion yondoshuvlardan biri ekanligi bilan tavsiflanadi.
Innovatsiya - yangilik tushunchasini ifodalab, ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritish va uni o‘zgartirish demakdir. Innovatsiyalar pedagogik vosita va jarayon sifatida o‘quv jarayoniga yangiliklar kiritishni taqozo qiladi. Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan yangiliklar, uning maqsadi, mazmuni, metodlari va shakllari, o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish usullarini o‘zgartirishni talab qiladi. Buning uchun, oliy pedagogik ta’lim jarayonida yangiliklarni qo‘llash va ijod qilishga yo‘naltirilgan muayyan pedagogik muhitni tashkillashtirish lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kreativ tafakkurga ega bo‘lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog‘liq. Qolaversa, kreativ xarakterga ega ta’lim muhitdagina o‘quvchilar o‘rganayotgan mavzuning mazmuni, o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi.buning natijasida ulardagi bilish faoliyati maqsadli yo‘naltiriladi.
Ta’lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi, o‘quvchilardagi ijodiy yo‘naltirilgan tafakkur tarzini shakllantirishdagi bir tomonlama yondoshuvlar qator tadqiqotchilar tomonidan o‘qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e’tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydilar, deya izohlanadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining palapartish yo‘riqlar berish yondashuvining samaradorligi o‘quvchilar o‘quv faoliyatini oshirishga yo‘naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past. Vaholanki, talablarda fikrlash ko‘nikmasi bo‘yicha yo‘riqlarni aniq va tushunarli yetkazib berish uchun o‘qituvchi kreativ fikrlash usullari, ko‘nikmalarini samarali shakllantitrish yo‘llari bilan o‘quvchilarni tanishtirish, orqali o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo‘naltirishi lozim. Bu esa o‘z navbatida, innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari asosida o‘quvchilardagi innovator qobiliyatlarini rivojlantirish mazmunini belgilashni talab etadi.
Tadqiqotchilar Sternberg i Lyubart, o‘quvchilardagi innovator qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoniga nisbatan kognitiv, ijtimoiy-shaxsiy, tizimli hamda intergrativ yondoshuvlarni keltirib, ularning har birini mazkur jarayondagi samarasi va ta’sir doirasini ochib beradi. Jumladan, kognitiv yondoshuv fazasini g‘oyalar generatsiya va tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan fikrlash jarayonlari bilan asoslasa, ijtimoiy-shaxsiy yondoshuvni individual qiziqishlar, motivatsiyaning xilma-xilligi, ijtimoiy-madaniy muhitni innovatorning rivojlanishidagi muhim turtkilar sifatida belgilaydi. Shuningdek, tadqiqotchilarning fikricha, integrativ yondoshuv asosida innovatorni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan quyidagi oltita o‘zaro aloqador manbalarni mavjud. Bular: intelektual qobiliyatlar, bilim, tafakkur uslubi, shaxsiy xarakter, motivatsiya va atrof-muhit. Bu jarayonga nisbatan tizimli yondoshuvni esa shaxs innovator qobiliyatlarining rivojlanishiga zamin yaratuvchi – ijodiy jarayon, mahsulot, shaxs va muhit bilan bog‘lab asoslaydilar[135].
Biz ham mualliflarnining fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda integrativ yondoshuv tamoyillari, shuningdek innovatsion ta’lim metodlari hamda texnologiyalari asosida o‘quvchilardagi innovator qobiliyatlarini rivojlantirish mazmunini belgilashga va bu jarayonda yoritishga harakat qildik.
Ma’lumki, o‘quvchilar innovator qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarda bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari zarur:
kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning qaror topganligi;
innovator sifatlari;
kreativ fikrlash ko‘nikmalari;
amaliy kreativ faoliyat jarayonini tashkil etish malakalari, xususan, ixtissoslashgan (pedagogik) innovatorni ta’minlovchi malakalar.
Jumladan, kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning qaror topganligi ulardagi:
innovator tushunchasining mazmun-mohiyatini, shaxs kreativligining ijtimoiy-pedagogik zararuatini anglash va to‘g‘ri baholay olish;
- o‘ziga nisbatan ishonch, o‘z-o‘zini kasbiy va shaxsiy rivojlantirish ehtiyojining qaror topganaligi;
- kreativ faoliyatga yo‘nalganlik, jamiyatda va kasbiy faoliyatda o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega bo‘lish istagining mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Innovator sifatlari esa tadqiqot ishining 1.3 paragrafida bayon etilganidek, o‘quvchilardagi:
shaxsiy-ijodiy yo‘nalganlik;
tavakkalchilikka moyillik;
fantaziya va ijodiy tasavvurning yuqoriligi;
mustaqillik;
murakkab kasbiy vazifalarni hal etishdagi nostandart tafakkur tarzi;
intelekt darajasi(IQ);
eruditsiya, intuitsiya;
refleksiya;
tafakkur tezligi, fikrlash ravonligi;
moslashuvchanlik;
o‘ziga xos (orginal) fikrlar, g‘oyalarni ilgari sura olish bilan asoslanadi.
O‘quvchilardagi kerativ fikrlash ko‘nikmalari ulardagi innovator qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi. Aynan mazkur ko‘nikmalar o‘quvchilardagi ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat uchun yo‘naltira olish, nosantdart tafakkur tarzini shakllantira olish, muammolarga nisbatan sezgirlik, intelektual qobiliyatlar, hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlar, konstruktivlik, innovatsiyalar transformatsiyasi bilan bog‘liq divergent tafakkur tarzining shakllanishiga xizmat qiladi.
Navbatdagi o‘ziga xos yo‘nalish, bu ixtissoslashtirilgan ya’ni pedagogik innovator malakalari sanaladi. Tadqiqot ishining oldingi paragraflarida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘quvchilik yosh davrida innovatorni ko‘proq sohaga yo‘naltirilgan, ya’ni bo‘lajak kasbiy faoliyat talablari doirasidan kelib chiqqan holda rivojlantirish istagi ustunlik qiladi.
Bunda bo‘lajak kasbiy faoliyatga nisbatan ijodiy munosabat, kreativ mahsulotlar, ishlanmalarni yaratish qobiliyatining mavjudligi, zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ri rejalashtirish va loyihalashtirish; ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni amalda qo‘llash; axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va xorijiy ish tajribalaridan keng foydalanish; o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatishga intilish kabi ko‘nikma va malakalarning rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim pedagogik ta’sirga ega.
O‘quvchilarda innovatorni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:
o‘quvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;
o‘quvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, o‘quvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir o‘quvchidauning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish;
o‘quv jarayoninio‘quvchi shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;
o‘quvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish,ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;
kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan innovatsion mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish.
V.Ye.Alekseev [15] hamda uning fikrlarini texnik innovatorlik faoliyati bilan bog‘lab yoritgan N.N.Alimovlarning [17] ilmiy izlanishlarida o‘quvchilardagi texnik innovatorlikni shakllantirishning didaktik chizmasi uch bosqichda ifodalanadi. Bular tahliliy, yaratuvchilik va yakunlovchi bosqichlar bo‘lib, ular maqsadni aniqlashdan maxsus buyum yaratish va uni sinovdan o‘tkazishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladi.
Tadqiqotchi Sh.S.Sharipov o‘quvchilarda ixtirochilik innovatorligini amalga oshirishning fikrlash faoliyatini produktiv va reproduktiv xususiyatlar almashinuviga bog‘liq bo‘lgan 4 davrni ajratadi [146].
Birinchi bosqichda o‘quvchilardagi fikrlash faoliyati mahsuldorlik xususiyatiga ega bo‘ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni amalga oshadi.
Ixtirochining bilim va tajribasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt talab etib, reproduktiv xarakterga ega bo‘lgan ikkinchi davr – muammo yechimini topishga o‘tiladi.
Uchinchi davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va tanlangan yechim o‘zaro bog‘lanadi va ixtiro konsepsiyasi taklif etiladi.
To‘rtinchi bosqich reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, ixtiro g‘oyasi ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi [146].
Keltirilgan ma’lumotlarda ifodalangan bosqichlar shaxs texnik innovatorligini shakllantirish uchun xizmat qilsa-da, o‘quvchilarda innovatorni rivojlantirish jarayoni ham aynan shu bosqichlar asosida kechadi. Faqat bunda pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari va mantiqiy tuzilishi, pedagogik kretivlikning tatbiq doirasi alohida ahamiyat kasb etadi.