O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“UMUMIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
Bajardi:
X.Mustafayeva
Ilmiy rahbar:
M.Baybayeva
Toshkent – 2020
KIRISH……………………………………………………………
2
I BOB
O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI……………………………………………………….
3
1.1-§
O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish muammosining ilmiy adabiyotlarda o’rganilganlik darajasi ……..
3
1.2-§
O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishning o’ziga xosliklari……………………………………………………
Birinchi bob yuzasidan xulosa…………………………………….
6
19
II BOB
O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI……………………………………………..
20
2.1-§
O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanish yo’llari …………………….
24
2.2-§
Innovatsion metodlar asosida o‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish shakl, metod va vositalari……………….
Ikkinchi bob yuzasdian xulosa…………………………………….
XULOSA…………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………….…………...........
30
32
34
35
M U N D A R I J A:
KIRISH O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, o’quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda yurtimiz rivojlanishida Sharqona tarbiya mazmunini o`zida mujassam etgan ta’lim muassasalarimizdagi o`quvchi-yoshlarni o`rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganlaridek, mustaqil tanqidiy fikrlashga o`rgatish hamda ushbu tanqidiy fikrlashi jarayonida о`zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor holda olingan bilimlar bilan qiyoslaganda katta afzallikka ega ekanligini uqtirish bugungi globallashuv jarayonida o`rni muhim sanaladi. Ayniqsa, tо`liqroq va tezroq rivojlangan bu bilimlar о`quvchilar e’tiqodiga aylanadi va ularning tafakkuri hamda faol amaliy tanqidiy fikrlashi quroliga hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan kо`plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug`ullanadi. Xususan, V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov, S.Rajabov, D.Shodiyev, E.G„oziyev, A.M.Umronxо`jayev ishlarida muammoli ta’lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, о`quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi, tanqidiy fikrlashining tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarini shakllantirish yо`llarini belgilovchi alohida komponentlarning о`ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi
Shu o`rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi: “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”.
O`sib kelayotgan o`quvchiyoshlarimizda ham davlatimiz rahbari aytganlaridek, tanqidiy tahlilni yoshligidan o`rgatib boradigan bo`lsak, biz o`ylaymizki, ushbu o`quvchi-yoshlar kelajakda yurtimizning yetuk kadrlari bo`lib yetishadi. Tanqidiy fikrlashning ijodiy manbalari qadim zamonlarga borib taqaladi. Yaqin va О`rta Sharqda yashab ijod etgan о`rta asr mutafakkirlari tabiiy-ilmiy asarlarida ilmning turli tomonlari, uning prinsiplari, tuzilishi, mezonlari, ilmning inson aqliy rivoji va ta’limi bilan bog`liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, ularning safdoshlari va izdoshlari gnoseologik qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, inson ongida predmet timsoli (obrazi)ni mavhumlashtirish jarayoni ular e’tiborini doimo jalb etgan, buning natijasida mazkur predmet mohiyati va о`ziga xosligi tushunchasi ishlab chiqilgan va shakllangan.
Muammoning o’rganilganlik darajasi:Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan kо`plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug`ullanadi. Xususan, V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov, S.Rajabov, D.Shodiyev, E.G„oziyev, A.M.Umronxо`jayev ishlarida muammoli ta’lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, о`quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi, tanqidiy fikrlashining tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarini shakllantirish yо`llarini belgilovchi alohida komponentlarning о`ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.