O‘zbek tili sofligi xalq iftixori: a) tilning tarixini o‘rganish. Dastlabki turkiy tilda yozilgan asarlarni o‘rganish (Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy).
b) tilshunos olimlar bilan uchrashuv.
v) sof o‘zbek tili sirlari, til o‘rganish haqida donolar hikmatlari.
g) SHarqona o‘qishning ohangdorligi haqida ma’lumot berish.
d) SHarqshunoslik va til-adabiyotlar ilm maskanlariga tashrif buyurish.
Milliy urf-odatlari, rasm-rusmlar va marosimlar: a) milliy urf-odatlari kelib chiqish tarixi, unga amal qilishning ijobiy tomonlari.
b) xalq folklor va yodgorliklarida rasm-rusum, irim-sirimlarni asoslab berilishi.
v) turli millat xalqlarining urf-odatlari va ularga munosabat.
g) ajdodlarimizning kiyinishi, yurish-turishiga o‘zbekona munosabat bildirish. Hozirgi zamon talablari-chi? To‘g‘rimi?.
San’at va madaniyati me’morchiligi: a) san’atning sharqona ko‘rinishlari. Ajdodlarimiz san’ati tarixi.
b) san’at ustalari (o‘tmish va hozir).
v) san’at maskanlari va uning turlari. san’atga munosabat.
d) milliy san’atning kelajagi.
e) me’morchilik tarixi. Madaniy me’morchilik koshonalariga sayohat va uni o‘rganish.
yo) qo‘li gul ustoz va shogirdlar hayoti va kelajagi.
z) me’morchilik ko‘rinishlari (tanlab o‘rganish).
Bobolardan bolalarga nasihat va pandlar: a) o‘zbek xalqining qadimiy yodgorliklari.
b) A.YAssaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, G‘azzoliy, Haziniylar ijodiyotida odob-axloq masalalari.
v) o‘zbek shoiralarining pandlari. Zebiniso, Zavqiy, Nodira, Anbar Otin...
g) Zamonaviy shoir va shoiralar. Uchrashuv va kechalar tashkil qilish. Ularning ijodiyotiga tashabbus qilishga undash.
O‘zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar
a) allomalarning o‘g‘il va qizlarga aytgan nasihatlari.
b) qizlik iffati, hayosi, g‘ururi.
v) oila va jamoat mehnatiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish.
g) inson go‘zalligini anglatuvchi belgilar.
d) «YAxshilik» va «yomonlik»ni keltiruvchi hasob, uning sabablari, obro‘ qozonish oson ish-mi?
e) sayoq yurgan tayoq er.
yo) bozor qilish odobi.
j) tabiat go‘zalligini saqlash.