Pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə17/18
tarix20.12.2022
ölçüsü240,5 Kb.
#76698
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
IJTIMОIY PЕDАGОGIK FАОLIYAT MЕTОDIKАSI VА TЕХNОLОGIYASI

BOB YUZASIDAN XULOSALAR.
Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tarbiyaviy faoliyatning eng muhim vazifasi bu – kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlash – ma’naviy qadriyatlarimizni va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. Buning uchun esa zamonaviy va jahonning ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlangan o‘quv – uslubiy adabiyotlar majmualarini yaratish, ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish uning mazmuniga milliy ruh singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab kolgan holda ilg‘or uslublarni yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash lozim.
O‘qituvchi tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun, odatda, muayyan vaqtga mo‘ljallangan, o‘zining pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatish strategiyasini yaratgan holda tarbiyaviy metodlar majmuasidan foydalanadi. Mohir o‘qituvchi o‘zining rang-barang tarbiyaviy metodlariga ega bo‘ladi va muayyan bir holat uchun ularning muqobil variantlarini topib qo‘llaydi. Tarbiyaviy metodlarni qo‘llashning o‘z texnikasi mavjud bo‘lib, u o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. A.S.Makarenko aytganidek, “o‘quvchilar o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi ta’sirini, uning tashqi ko‘rinishidan, boy ma’naviyatidan, notiqlik san’atidan, so‘z intonatsiyasini mukammal o‘z o‘rnida qo‘llay olishidan, yuz ifodasidan o‘zlariga qabul qiladilar”.


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, insondagi barcha sifatlar asosan tarbiya orqali shakllanadi va rivojlanadi. Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o‘qituvchi bilimli, raqobatbardosh etuk kadrlarni tarbiyalash uchun javobgar shaxs ekanligini unutmasligi kerak. Ushbu vazifalar tarbiya texnologiyalari maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi.


SHu bilan birga tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari bo‘lmish, axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning g‘oya va maqsadlari o‘qituvchi tomonidan modellashtirilib, bajariladigan vazifalar belgilab olinadi va amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tarbiyaviy faoliyatning eng muhim vazifasi bu – kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlash – ma’naviy qadriyatlarimizni va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. Buning uchun esa zamonaviy va jahonning ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlangan o‘quv – uslubiy adabiyotlar majmualarini yaratish, ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish uning mazmuniga milliy ruh singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab kolgan holda ilg‘or uslublarni yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash lozim.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda o‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llar ekan quyidagilarni bilishi lozim deb tavsiya etamiz.

  1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.

  2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu niyatlari asosida belgilanadi.

  3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, belgilangan vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.

  4. O‘qituvchi pedagogik texnologiyaga oid bilimlar bilan bir qatorda tarbiya texnologiyasiga oid bilimlarga ham ega bo‘lishi shart: o‘qituvchi hatti-harakatlarining algoritmi, tarbiyalash shakllarini bilishi, har qanday tarbiyalash metodini amalga oshirish bo‘yicha barcha operatsiyalarni mukammal bajara olishi lozim.




Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin