Pedagogika va psixologiya



Yüklə 162,46 Kb.
səhifə2/2
tarix06.06.2023
ölçüsü162,46 Kb.
#126059
1   2
2-topshiriq

vazifa 3

Savollar.



  1. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va vazifalari.

  1. Shaxsning individual xususiyatlari.




  1. Motivlarning anglanganlik darajalari; ijtimoiy ustanovka.



Javoblar.


1. Hozirgi kunda psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan
sifatida rivojlanayotganligi uning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Umumiy psixologiya —
psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos
jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha. Pedagogik psixologiya —
insonlarga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini
o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. Yosh davr psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha
psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini, individning yoshiga xos tarzda o‘zgarish tamoyillarini o‘rganadi.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi
uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular,
birinchi navbatda, ijtimoiy gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqeyi o‘ziga xosdir.
Psixika — bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning
sistemali xususiyati, subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol
aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqini va faoliyatini
shaxsan boshqarish.
Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning eng sodda ko‘-
rinishidan inson ongigacha taraqqiyoti bir qancha bosqichlardan
iborat bo‘lgan. Tirik organizmlarda uzluksiz o‘zgarib turuvchi hayot sharoitlariga muvofiqlashuvini ta’minlaydigan harakat fikrlari
instinktiv, individual va harakatning intellektual shakli maydonga kela boshlagan. Tirik organizmning psixik rivojlanish jarayoni bir-biridan tamomila ajralib turuvchi 2 davrni o‘z ichiga
oladi: hayvonlar psixikasining rivojlanishi biologik qonuniyatlarga; irsiyat, o‘zgaruvchanlik, tabiat, saralanish qonunlariga
bo‘ysunadi va odam ongi rivojlanadi.
Psixikaning rivojlanishini, umuman, tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki reja asosida o‘rganish mumkin: filogenez va ontogenez.
Filogonez — organizmning oddiy shakllaridan tortib hozirgi
zamon kishisiga qadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida
yuz bergan o‘zgarish.
Ontogenez — har bir individning hayoti davomida tug‘ilishidan tortib to hayotining oxiriga qadar sodir bo‘lgan o‘zgarish
yig‘indisi. Yerda hayot paydo bo‘lishi materiya taraqqiyotidagi
yangi bosqich, materiya tuzilishiga ko‘ra ancha murakkab alohida
xossalarga ega bo‘lgan.
Seskanuvchanlik psixikaning paydo bo‘lishida zaruriy xususiyat, majburiy shart-sharoitdir. Hayvonlarga mansub shakllarda
ta’sirlanuvchanlikning yangi turi — sezuvchanlik paydo bo‘ladi.
A.N. Leontyevning farazlariga ko‘ra, sezuvchanlik genetik jihatdan
qaraganda muhitning organizmni boshqa taassurotlar bilan bog‘lovchi, organizmni muhitda mo‘ljal olishiga yordam beruvchi,
signallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlariga javob ta’siridan bo‘lak narsa
emas. Ta’sirlanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish hayot tarzining o‘zgachaligi bilan bog‘liqdir. Yaxshi rivojlangan hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi organlari shakllanadi. Taraqqiyotning elementar sensor bosqichidan kompleks kuzgatuvchilarning, predmetlarning butunligiga aks ettirish bilan ifodalanadigan qobiliyatiga, ya’ni perseptiv aks ettirishga o‘tish amalga
oshiriladi. Yashash sharoitlarining murakkablashuvi tirik organizmlarning muhitga moslashuvi zaruriyatini, materiyani sifat
jihatdan o‘zgarishining aks ettirish usullarini takomillashtiruviga,
xatti-harakatlari maqsadga muvofiq, epchil bo‘lishiga olib keldi.

2. Shaxs — bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o‘ziga


xos psixofiziologik tizimlar, shaxs xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib,
u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq-atvor yuzaga keladi.
Shunday qilib, shaxs bu jamiyat a’zosi bo‘lib, u individning
psixofiziologik tizimining dinamik tashkil etuvchisi, bu uning xattiharakati va tafakkurini belgilab beradi. Individuallik — bu insonning o‘ziga xos individual xususiyatlari bo‘lib, ular asosida insonlar
bir-biridan farq qiladilar. Individuallik — bu o‘ziga xoslikka ega
bo‘lgan shaxs. Shaxsning tuzilishi, shakllanishi, tarkib topishida u
yashayotgan muhitning, kishilik jamiyatining roli juda kattadir.
Shaxsning faoliyatini yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga
nisbatan bog‘liq bo‘lmagan barqaror motivlar majmuyi kishi shaxsining yo‘naltirilganligi deb ataladi. Shaxs yo‘nalganligi — bu
barqaror motivlar yig‘indisi bo‘lib, shaxs faoliyatini belgilaydi.
Shaxs yo‘nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va
idealda xarakterlanadi. Qiziqish — bilish ehtiyojining namoyon
formasi bo‘lib, u yangi faktlar bilan tanishishga hamda borliqning
aniq, chuqur aks etishiga yordam beradi. Dunyoqarash — insonning qarashlari tizimi bo‘lib, unda insonning atrofdagi dunyoga
munosabati va bu dunyoda o‘zining o‘rnini anglash, kishilarga bo‘lgan munosabati, hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va prinsiplari namoyon bo‘ladi.
E ’tiqod — insonning anglangan ehtiyoji bo‘lib u faoliyatga
undaydi.
Ideal — bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho‘qqisi.
Intilish — birlamchi qiziqish, ehtiyojning hissiy kechirilishi,
obyektga intilishi. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun atrofmuhit, tabiat, kishilar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o‘zgartiradi, o‘z faoliyatini yo‘naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar,
muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o‘z-o‘zini yo‘naltiradi, o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, maqsadga intilish yo‘lida uchraydigan qiyinchilik va to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi.
Maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi.

3. Ehtiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar paydo bo‘-


ladi. Motiv odamning faoliyatiga, faolikka yo‘naltiruvchi sababdir. Shaxs-inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uning natijasiga ega bo‘lishga, uni qo‘lga kiritishga o‘z-o‘zini
yo‘naltiradi. Shaxs faolligining yo‘nalishi turli ehtiyojlar kelib
chiqishi, predmetiga ko‘ra:
a) tabiat — inson o‘zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi;
b) madaniy — odamning insoniyat madaniyati mahsuliga
bog‘liq bo‘lgan faoliyati; predmetiga ko‘ra;
d) moddiy — ovqatlanish kiyinish, uy-joy, maishiy turmush
ashyolari;
e) ma’naviy—ma’naviy madaniyatni o‘zlashtirib olish, yaratish, o‘qish, ilm, san’at, musiqa, kinofilm, teatr va boshqalar
asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.
Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o‘ziga xos sifatlar mavjud: ekstraversiya — inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga,
asosan, o‘zi atrofida bo‘layotgan narsalarga qaratilganidir. Ekstraversiya intraversiyaga qarshi bo‘lib, intraversiya — bu ong va inson
qiziqishlari o‘ziga, o‘z ichki dunyosiga qaratilgan.
Shaxs odamning atrofiga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni
belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o‘z-o‘ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z-o‘ziga baho berish — uch xil
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: a) shaxs o‘z imkoniyatlari,
qobiliyati, layoqatiga past baho berishi, o‘z-o‘ziga ishonchsizligi
tufayli kechirilishi mumkin; b) o‘z-o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘g‘ri, me’yorda baholashi; d) o‘zining imkoniyat va
qobiliyatlarini me’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o‘ziga
bino qo‘yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsning o‘zo‘ziga to‘g‘ri baho berishida o‘z-o‘zini anglash muhim hisoblanib,
shaxsning to‘g‘ri shakllanishi, individning o‘zi haqida nisbatan
barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi.
Uning asosida individ odamlar bilan o‘z munosabatini o‘rganadi.
O‘z-o‘zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini
tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir. Odam individ bo‘lib
tug‘iladi, shaxs bo‘lib rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy-emotsional
jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongliligi muhim
hisoblanadi. Y. Gudechek shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida
rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning
xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o‘zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo‘nalishi bilan bog‘liq. Umumiy holda
shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo‘ladi.
Shaxsning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar:
a) faoliyatda o‘zgaruvchi ehtiyojlar orasida qarama-qarshiliklar va ularni qondirish;
b) faoliyatdagi faollik natijasida qondiriladigan ehtiyojlar asosida yangi ehtiyojlarning yuzaga kelishi.
Qarama-qarshiliklarni yengishda maxsus usullar, yo‘llar, harakatlar, bilim va malakalar asosida ta’lim jarayonida amalga
oshiriladi. Shaxs shakllanishida yetakchi o‘rin tarbiyaga ajratiladi.
Tarbiya shaxs rivojlanishini tashkil etadi, yo‘naltiradi va jamiyat
talablariga moslashtiriladi. Demokrit aytganidek: «Insonni inson
qilib yetishtiruvchi narsa tarbiyadir». Ishonch — xulq xatti-harakatlarining muhim anglanilgan motivi, faoliyatini aniq yo‘nalishga
solib turuvchi va dunyoni hissiy idrok etish, qat’iy prinsipga ega
ekanligi bilan xarakterlanadi. G ‘oyalar o‘z-o‘zini tarbiyalash rejasini beruvchi, o‘zini nazorat qilishga undovchi omil hisoblanadi.
Bola — shaxsning tarkib topishida ta’lim-tarbiyaning ta’siri asosiy
ahamiyat kasb etadi. Tarbiya muassasalari: bog‘cha, maktab,
internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga
o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ularning shaxsini o‘rganish
metodlaridan foydalanish samarali kechadi. Metod tadqiqot, tekshirish, bilimni nazariy va amaliy o‘zlashtirish usulllari yig‘indisidir Uning shaxs bo‘lib shakllanishida uning biologik shartlanganlik — jinsiy, yosh davrlari, miyaning fiziologik, morfologik
xususiyatlari: ijtimoiylashuvi muhim omillar bo‘lib hisobladi.
Yüklə 162,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin