Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati



Yüklə 45,67 Kb.
səhifə2/5
tarix02.05.2023
ölçüsü45,67 Kb.
#105897
1   2   3   4   5
Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

3. Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyatidunyoni bilish, sezish, ko‘rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.Dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi ahloqiy, falsafiy, xuquqiy, estetik, ilmiy, diniy va xokazo qarashlari majmuidan iborat. Dunyoqarashda kishilarning muayyan tarixiy davrdagi olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosabati tashkil etadi. Inson butun umri davomida o‘zini o‘rab olgan dunyoning mohiyatini anglashga harakat qiladi. Dunyoqarashning sub’ekti inson (individ), ijtimoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, jamiyat a’zolari hisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafaqat olamga, balki o‘z-o‘zlariga munosabatini ham ifodalaydi. SHu ma’noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va o‘z-o‘zini anglash jarayoni, deb hisoblash o‘rinlidir. Dunyoqarash o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
- Dunyoqarash olam va odam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. Unda olam, voqelikdagi turli o‘zgarishlar, taraqqiyot haqidagi o‘y-fikrlar, orzu-umidlar, his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, bilimlar aks etadi.
- Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Inson faoliyati esa xilma-xil: mehnat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohadagi xatti-xarakatlar; shu ma’noda dunyoqarashni anglash va faoliyatning uyg‘unligi tarzida ifodalash mumkin.
- Dunyoqarashda individ, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlarning yashash sharoitlari, turmush tarzlari, ular hayotining tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-ma’naviy omillari o‘z ifodasini topadi. Dunyoqarash kishilar ijtimoiy hayoti- ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi uzluksiz tarixiy jarayon bo‘lib, jamiyatdagi o‘zgarishlar, taraqqiyot unda o‘z ifodasini topadi. Turli ijtimoiy tuzumlarda dunyoqarashning o‘ziga xos mazmuni va shakllari vujudga keladi va taraqqiy etadi.
- Dunyoqarash olamning inson tomonidan anglanishigina emas, balki uning baholanishi hamdir. Alohida olingan kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlar o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda olamni anglaydilar, Undagi predmet, xodisalar, jarayonlarga o‘z munosabatlarini bildiradilar, ya’ni baholaydilar. SHu ma’noda dunyoqarash deganda uni tashkil etuvchi ikki elementni, birinchidan, olam haqidagi bilimlarni, ikkinchidan, inson hayotining muhim tomonini tashkil etadigan qadriyatlarni tushunmoq lozim. Inson olamni va o‘z-o‘zini anglashi, o‘z xatti-harakatlariga, maqsad va manfaatlariga boshqalarning nuqtai-nazarini hisobga olgan holda baho berishi uning dunyoqarashining qay darajadaligidan, qanchalik mustaqil fikr yurita olishidan dalolat beradi.
- Dunyoqarash o‘z ichiga dunyoni his qilish, dunyoni tushunish jarayonlarida hosil bo‘ladigan idrok, kayfiyatlarni ham qamrab oladi.

Yüklə 45,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin