Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Hozirgi davrda milliy falsafani



Yüklə 45,67 Kb.
səhifə5/5
tarix02.05.2023
ölçüsü45,67 Kb.
#105897
1   2   3   4   5
Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

4. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati

 Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari mavjud. SHu bilan birga, bugungi o‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi.Inson tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashning shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarni o‘zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin.Bu jarayonning qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari Prezident Islom Karimovning asarlarida asoslab berilgan.
Bugungi kunda ko‘p qirrali va murakkab hodisa bo‘lgan falsafiy dunyoqarashning milliy davlatchilik hamda kishilarning g‘oyaviy etukligini ta’minlash ehtiyojiga xizmat qiladigan jihatlariga e’tibor kuchaymoqda.
Istiqlolning ma’no – mohiyatini kishilarga to‘g‘ri anglatish, ularni mustaqillik bergan imkoniyatlarini amalga oshirishga jalb etish bilan bog‘liq nazariy va amaliy faoliyat ham nihoyatda muhim.Mustaqillik yillarida falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar shakllandi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivojlantirish zarurligi. Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma'lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o'tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog'liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o'z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo'ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg'uradi, ularni o'ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, umuminsoniy fan bo'lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo'ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo'lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o'ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo'lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o'z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta'rif berildi-ku?» — degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o'ziga xos milliy taraqqiyot yo'lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo'lgan savollardir.
Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonda bu yo'nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Biz yashayotgan dunyo so'nggi yillarda nihoyatda o'zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni tubdan o'zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksaltirishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafiy bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bog'liq:
— birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g'oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko'rsatib berishni taqozo qiladi. O'z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo'q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
— ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma'naviy merosdan bahramand bo'lish va ulardan ijodiy foydalanishga to'siq bo'lmoqda;
— uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g'oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo'shliqni yangi g'oyalar bilan to'ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o'zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg'ulariga samarali ta'sir etadi. Shu bilan bog'liq ravishda,
Vatan va xalq tarixi, ma'naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni ya ngi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g'urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o'rin tutadi.
Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo'nalishlarda namoyon bo'ladi.
1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog'liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg'onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to'g'risidagi g'oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e'tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o'sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g'oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg'ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o'z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy hayotidagi ijobiy o'zgarishlar to'g'risida xalqimizda to'g'ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko'rsatadi.
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun O'zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g'oyalarni amalga oshirish yo'lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g'oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma'naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo'lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlaming ahamiyati beqiyos. Shu bois o'z xalqi tarixini, o'z milliy madaniyatini, urf-odat va an'analarini yaxshi biladigan, milliy g'ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir.
6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e'tiboriga ko'ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma'noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o'zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta'minlaydigan islohotdir.
XXI asrga kelib, insoniyat g'oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xomashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan o'sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash, sog'liqni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda.
Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g'oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo'lib bormoqda.
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko'zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma'naviy omillari (ideallari), borliqdagi o'rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko'rsatib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi.
Bir tomondan, jamiyatning o'zgarib borish tamoyili falsafiy g'oya, nazariya va ta'limotlar o'zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o'zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma'naviy hayot tarzini ilg'ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag'batlantirish, milliy o'zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o'rni va hamiyati g'oyatda ulkandir.


Xulosa:
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g'oyaviylik, mustahkam e'tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma'rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.
a)”falsafa” va “falsafa fani” tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlikni anglash bagoyat muxim axamiyatga molikdir; b)falsafa fanining o‘z tadqiqot soxasi (predmeti) borki, shu orqali u boshqa fanlardan ajrab turadi; v) falsafiy dunyoqarash ham milliy, ham umumbashariy moxiyatga egadir; g) falsafa fani bir qator funksiyalarni bajaradi va shular orqali ijtimoiy muammolarni xal etish yo‘llarini izlaydi va topadi. Falsafa fani uzoq tarixiy davrlarni bosib o‘tdi. Olamni ilmiy bilish ehtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyotshunoslik va insonshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg‘or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqdalar.
Falsafiy fikrlar olam hodisotlari sababli bog‘lanishini izlash, haqiqatni topishga bo‘lgan odamzotdagi kuchli intilish tufayli rivojlanib bordi. Dunyoqarash strukturasida bilish sub’ektlarining tubdan yangicha qarashlarga ega bo‘lishi afsonaviy (mifologik) qarashlar o‘rnini tom ma’noda ilmiy yo‘nalishlar egallay boshladi. Umuman olam va unga odam munosabatlari haqida mifologik va diniy dunyoqarashlar doirasiga sig‘maydigan yangicha g‘oyalar, nuqtai nazarlarning paydo bo‘lishi natijasida tabiiyotshunoslik fanlari, so‘ngra jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari yuzaga keldiki, bular olam to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar o‘rnini egallay boshladi.Falsafiy bilimlar o‘zining vujudga kelishi va rivojlanish jarayonida tabiiyotshunoslik fanlari bilan qorishib ketdi. Falsafa gorizontal bo‘yicha tabiiyotshunoslik fanlari bilan tutashadi, vertikal bo‘yicha esa ijtimoiy-gumanitar fanlar sirasiga kirib, yo mafkuralashadi, yoki mafkuraning ilmiy yo‘nalish olib, real voqelikka muvofiq kelishiga imkon tug‘diradi. Falsafa bilishning turli sohalaridagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni qayta muhokamada o‘tkazadi. SHu jarayonda olamning yangi umumiy manzarasi to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘zgarib boradi. Masalan; «atom», «modda», «narsa» v.b. haqidagi ilmiy ma’lumotlar, energiyaning saqlanish va boshqaga aylanish, butun dunyo tortilish qonunlari kabi tabiiyotshunoslik fanlariga doir tushunchalar falsafa fanining ilmiy salohiyatini oshiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, «atom» haqidagi fikr falsafiy qarashlar natijasi bo‘lsa-da, ammo uning mazmun-mohiyati eksperemental tarzda tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan isbotlandi. Erning dumalog‘ligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi ilmiy-taxminlar ham faylasuflar ijodi edi. Ammo u tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan o‘z isbotini topgach, dunyoqarashda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Bilish voqelikdagi anglangan aniq xissiy va tushunchaviy timsollarni qabul qilib olish, xotirada saqlash, qayta ishlash va sistemalashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilimlarning rivoji va ularni sistemaga solish jarayonida ilm-fan paydo bo‘ladi. Mifologik va diniy dunyoqarash ishonchga asoslansa, fan ilmiylik mezonlariga amal qiladi. Ular: a) ob’ektiv (xolis)lik tamoyili; b) ratsionallik yoki dalillash (isbotlash) tamoyili; v) essensial yo‘nalishi yoki ob’ektning mohiyatini ochish tamoyili; g) bilimlarni sistemalash yoki nazariy shaklga solish tamoyili; d) ilmiy haqiqatlarni tekshirish mumkinligi tamoyili. Fanga doir bu tamoyillar to‘laligicha falsafiy bilimlarni, ayniqsa ontologiya, gnoseologiya, antropologiya va metodologiyaga ham taalluqlidir. SHu ma’noda falsafani ilmiy bilimlarning bir turi, ya’ni tabiiyotshunoslik fanlari qatoriga kiritish mumkin. Biroq, falsafa ijtimoiy fan hamdir; jamiyat, uning taraqqiyot qonunlari, ijtimoiy borliq, individual va ijtimoiy ongni ham o‘rganadi. U xuquqshunoslik, siyosatshunoslik, iqtsodiy fanlar bilan ham tutashib ketadi. Barcha ijtimoiy fanlar tarixiy aspektda muayyan mafkura bilan o‘zaro aloqada mavjud bo‘ladi. Binobarin, falsafaning biron-bir oqimi ijtimoiy hayotga munosabatda mafkura bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy yondashuv esa ma’lum darajada uni ilmiylikdan uzoqlashtiradi. Zero, mafkura ijtimoiy borliqni muayyan-sotsial guruhlar, sinflar, millatlar manfaatlari ko‘zgusi orqasidan qarab ifodalashdir. Mafkura mazmunini siyosiy g‘oyalar tizimi va amaliy harakatlar dasturi tashkil etadi. Mafkuraning falsafaga ta’siri ayrim falsafiy oqimlar o‘rtasida murosasizlik vaziyatini vujudga keltiradi. Bu hol bir ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan boshqasiga o‘tilayotganda falsafaga nisbatan salbiy yondashuvlarni vujudga keltiradiki, bu falsafaning fan sifatida tan olmaslik oqibatidir. Ammo muayyan tarixiy davrda mafkura bilan bog‘lanib ketgan falsafiy oqimni falsafa fani bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi, ya’ni ayrim (bo‘lak) oqimni butun (falsafa fani) bilan almashtirish haqiqatga xilofdir.
SHuni ham aytish kerakki, falsafa barcha fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ularning dalillari, xulosalarini sintez qilib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi va barcha fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugina emas, falsafa xatto mistika va din bilan ham aloqadordir. Demak, falsafa barcha yo‘nalishdagi fanlar va qarashlarni bir-biriga bog‘lovchi, ularni yo‘naltiruvchi alohida xususiyatga ega bo‘lgan fan hisoblanadi. Hamma insonshunoslik (gumanitar) fanlarning tadqiqot ob’ekti insonning ichki olami, ruxi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning ma’naviy madaniyati hamda odamlarning o‘zaro munosabatlarining g‘oyaviy asosidir. Bu fanlar odamning ruxiy olamini matnlarda o‘rganadi. Odamzot fe’l-atvori imkoniyat darajasidagi o‘ziga xos matndir. Insonshunoslikda tadqiqotchi jonli odam ma’naviy olami, uning ruxi bilan to‘qnash keladi. Bunda tadqiqotchi o‘zi uchun qadriyatli dunyoqarash ta’sirida ish ko‘radi. O‘ar bir odam o‘zi bir kichik olam, uning narsa, hodisalarga o‘z qarashlari, baholashlari va shu asosda munosabat belgilashlari mavjud. Fan, avvalo falsafa bu individuallikning o‘ziga xos shakli va funksiyalarini o‘rganishi lozim bo‘ladi. Matnlarni o‘z ma’nosida anglash va qo‘llash uchun matnni tasdiq etish va begona individuallikka erishish san’ati sifatida germenevtika fani shakllangan. Germenevtika falsafa fanining tabiiy xususiyatlarini tushunishga imkon beradigan uslub (metod)lardan biridir. Matnlarni o‘z ma’nosida talqin etish va bahs-munozarali munosabatlar mohiyatini anglash san’ati sifatida germenevtika tadqiqotning falsafiy uslub (metod)lari bilan «qorishib» ketadi hamda o‘zi bilishning ratsional bosqichiga ko‘tarilib, falsafa maqomiga ega bo‘lib qoladi. Falsafa fan sifatida odam bilish faoliyatining yana bir turi bo‘lgan san’at bilan ham aloqadordir. Badiiy bilish shaxsiy tasnifga ega bo‘lgani sababli individual his-hayajonli komponent «ifoda ob’ekti»ning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. ” T.: O‘zbekiston, 2016. 53- bet.
2. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.” T.: O‘zbekiston, 2017. 484 - bet.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.” T.: 2017. 28-b
4. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar. T.: O‘zbekiston, 1996-2016
5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
6. Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri.” – T.: Yangi asr avlodi, 2016. 318-b 10.
7. Axmedova M. “Falsafa” (`Oquv qo`llanma). –T., 2007.
8 . “Falsafa” Axmedo‘va M. Tahriri ostida. –T.: UFMJ, 2006.
9. “Falsafa.” Mamashokirov S.Tahriri ostida. – T.: Sharq,2005.
10. Falsafa. (O`quv qo`llanma). –T.: Sharq.1999.
11. Falsafa asoslari. (Q. Nazarov tahriri ostida). – T., 2005.
12. Osnovы filosofii.Uchebnik.Izdanie 2-e, pererabotannoe, dopoln. /Pod red. M.A.Axmedovoy, V.S.Xana. – T.: Mehnat. 2004.
13. Po‘latova D. , Izzeto‘va E. “Filosofiya”. –T.: Sharqshunoslik, 2012.340-b
14. Soifnazarov I. Kurs lektsiy po filosofii. – T.:TDIU, 2004.
15. Xaitov Sh., Xaitova K., Ziyoutdinova X “Falsafa asoslari.” Albom sxema. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009
16. Tulenov J., Tulenova G., Tulenova K. “Falsafa.” Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2016.
17. Shermuhammedova N.A. “Falsafaga kirish” – T.: Noshir, 2012. 320-b Tulenov J. “Falsafa” (Darslik). – T., 2007.
18. Shermuhammedova N.A. “Falsafa” –T.: Noshir, 2012. 1207-b
M. Xayrullaev, M. Xakberdiev. Mantiq., Toshkent. «Ukituvchi» 1993, 1-bob, 4-bob.
19. Umarov E. Estetika. Toshkent «O`zbekiston. 1995.
20. Shestakov V.P. Esteicheskoe kategoriya. Moskva. Nauka.1993.
21. Maxmudov. T. Guzallik va hayot. Toshkent. 1982.
22. Estetika. Slovar`. Moskva. Izd. «Polit. Literatura. 1989.
23. Goibov N. San`at taraqqiyotining ba`zi masalalari. Toshkent. G. Gulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti. 1980.
Yüklə 45,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin