A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 128,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix06.04.2023
ölçüsü128,2 Kb.
#93965
  1   2
LTeHolQ891fWYD7rxzmKHHEsEhzE6Xg5LX2yazPp



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
 
 
“PEDAGOGNING KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARINI 
RIVOJLANTIRISH” 
o‘quv kursining 
“KO‘ZLAR YORDAMIDA IMO ISHORALAR QILISH”
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 2022 
 


 
22.1-mavzu 
Ko‘zlar yordamida imo ishoralar qilish 
Reja: 
1. Ko‘zlarning signallari. 
2. Nigoh bilan ishlash. 
3. O‘quvchi nigohini nazorat qilish usullari. 
1.Inson o‘zaro munosabatlarda signal uzatishda ko‘zlar yordamida eng aniq va 
ochiq signallar yetkazadi. Chunki ular inson organizmida markaziy o‘rinni 
egallaydi hamda bunda ko‘z qorachiqlari butunlay o‘zini mustaqil tutadi. Qo‘l yoki 
ko‘rsatkich vosita yordamida mavzuni tushuntirishda o‘quvchilar nigohi o‘sha 
vositada bo‘ladi. Shu sababli bu vositalarni o‘qituvchi o‘z nigohi to‘g‘risiga 
ko‘proq olib kelib mavzuni tushuntirishi lozim.
Ko‘p asrlar davomida insoniyat nigohining (qarash, nazar) ma’nosi va uning 
inson xulq-atvoriga ta’siri haqida chuqur fikr yurilib kelindi. Biz barchamiz 
«Uning bolalarcha katta beg‘ubor ko‘zlari bor», «Uning o‘tli nigohi», «U g‘azabli 
nigoh lashladi», «Uning ko‘zlarida shu’la bor» yoki «Menga uning ko‘zi tegdi» 
kabi iboralarni ishlatamiz. 
Biz bunday so‘zlari ishlatayotganimizda, inson ko‘z qorachiqlari o‘lchamini 
va uning ko‘z harakatlarini nazarda tutamiz. Gess o‘zining «Ifodali ko‘zlar» 
kitobida «Inson o‘zaro munosabatlarda signal uzatishda ko‘zlar yordamida eng 
aniq va ochiq signallar yetkazadi. Chunki ular inson organizmida markaziy o‘rinni 
egallaydi hamda bunda ko‘z qorachiqlari butunlay o‘zini mustaqil tutadi», deb 
ta’kidlaydi. 
Kunduzgi yorug‘da qorachiqlar ijobiy va salbiy ta’sirlar ostida inson kayfiyati 
va munosabati o‘zgarishiga qarab kengayishi hamda torayishi mumkin. Inson 
hayajonlanganda uning ko‘z qorachiqlari me’yoriy holatiga nisbatan to‘rt barobar 
kengayishi mumkin. 
Achchiqlangan bo‘g‘iq kayfiyat esa, qorachiqlarni torayishiga majbudaydi va 
natijada «ilon» ko‘zlar yoki «munchoq» ko‘zlar paydo bo‘ladi. Ko‘zlar xushomad 


qilishda kalta rol o‘ynaydi. Ayollar ko‘zlarining ifodali bo‘lishi uchun bo‘yoq 
ishlatadilar. Agar ayol erkakni sevsa, uni ko‘rganda qorachiqlari kengayadi. Erkak 
buni qanday amalga oshganini bilmaydi-yu, to‘g‘ri talqin qiladi. Yosh 
sevishganlar bir-birining ko‘zlariga tikilib qarashadi, ongsiz ravishda qorachiqlar 
kengayishini kutishi va bir-birining ko‘z qorachig‘ining kengayishidan 
zavqlanadilar. Kichkina bolalar va chaqaloqlaming qorachiqlari kattalarnikiga 
qaraganda kengroq, chunki bolalar kattalarning doimiy e’tiboriga sazavor bo‘lishga 
intiladilar. 
Malakali qarta o‘ynovchilar (shulerlar) bilan o‘tkazilgan eksperimentlarning 
ko‘rsatishicha, agar raqib qora ko‘zoynakda bo‘lsa, uni kamdan kam o‘yinchi 
yutadi. Masalan, poker o‘ynaganda raqibga to‘rtta tuz chiqsa, uning ko‘z 
qorachiqlari darhol kengayadi va o‘yinchi keying yurishda tikilgan pulni 
ko‘tarmaslik kerakligini tushunib oladi. Qora ko‘zoynak qorachiqlar yetkazadigan 
signallarni yashiradi va natijada o‘yinchilar odatdagidan ko‘proq yutqazadilar. 
Qadimda xitoylik marvarid, dur sotuvchilar narx-navoni kelishayotganda o‘z 
xaridorlarining ko‘z qorachiqlarining kengayishini kuzatib turishgan. Bir necha 
asrlar muqaddam ba’zi ayollar jozibali va sevimli bo‘lish uchun ko‘zlariga 
belladonna (zaharli o‘tsimon o‘simlikdan tayyorlangan dori) tomizganlar. Aristotel 
Onasis muzokaralar vaqtida ko‘zlari o‘y-fikrlarini bildirib qo‘ymasligi uchun 
ko‘zoynak taqib olgan. 
2.Nigoh bilan ishlash pedagogning eng asosiy qurolidir. O‘quvchi nigohini 
o‘zida tutib turish uchun o‘qituvchi doimiy nazoratni qo‘lda tutib turishi lozim. 
Dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchining eng yaxshi muloqoti nigoh orqali 
bo‘ladigan muloqotidir. Bunda faqat ma’lumotlar emas, tuyg‘ular ham 
almashinadi. 
Eski maqol bor: «Odam bilan odam gaplashayotganda uning ko‘zlariga boq». 
Odamlar bilan suhbatlashayotganda siz ularning qorachig‘iga qarashni o‘rganing 
va qorachiq inson fikrlari haqidagi haqiqatni sizga oshkor etadi. Siz yuzma-yuz 
(muloqot vaqtida ko‘zning ko‘zga tushib turishi) muloqot qilsangizgina haqiqiy 
munosabatlar uchun asos yaratasiz. Ba’zi odamlar bilan muloqot qilish vaqtida siz 


o‘zingizni qulay his qilsangiz, boshqalar bilan o‘zingizni ishonchsiz va noqulay 
sezasiz. Buning negizi ularning sizga qanday qarayotganlari, nigohlarining 
davomiyligi va sizning nigohingizga qancha uzoq chiday olishlariga bog‘liq. 
Agar suhbatdoshingiz sizga ro‘y-rost gapirmay, nimanidir yashirishga urinsa, 
uning ko‘zlari butun muloqot vaqtining 1/3 qismidan ozroq sizning nigohingiz 
bilan to‘qnashadi. Agar suhbatdoshingiz nigohi sizning nigohingiz bilan butun 
muloqot vaqtining 2/3 qismi davomida to‘qnashsa, bu holatda: 
— birinchidan, u sizni juda qiziq va jozibador deb o‘ylayapti — bu holatda 
qorachiqlar kengayadi; 
— ikkinchidan, u sizga nisbatan dushmanona kayfiyatda noverbal chaqiruv 
yuboryapti — bu holatda qorachiqlar torayadi. 
Boshqa odam bilan yaxshi munosabatni o‘rnatish uchun u bilan muloqot 
vaqtining 60—70 foizi atrofida nigohlaringiz uchrashishi shart. Bu hol uni ham 
sizni o‘ylashiga sabab bo‘lsa, ajabmas. Kamtar, tortinchoq odam siz bilan 
suhbatning 8 ulushidan bir qismi davomida ko‘z urishtirishgani uchun kamdan-
kam hollarda ishonchga sazovor bo‘lishiga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi. 
Muzokaralar vaqtida hoch qachon qora ko‘zoynak taqmang, chunki sizda 
boshqalarda tikilib qarayotganday kabi his paydo bo‘ladi. Turli xalqlarda tana 
harakatlari tili farq qilgani kabi inson suhbatdoshida nigohini uzoq ushlab turishi 
ham millatga bog‘liq. Janubiy Yevropa xalqlarida nigohni uzoq muddat ushlab 
turish xususiyati mavjud bo‘lib, bu boshqa xalqlar uchun haqoratli tuyulishi 
mumkin. 
Yaponiyaliklar suhbat davomida yuzga emas, bo‘yinga ko‘proq qaraydilar. Siz 
doim biron-bir xulosaga kelishdan avval milliy xususiyatni inobatga olishni 
unutmang. 
Ammo nafaqat nigohning qaytarilishi va davomiyligi, balki nigoh yo‘naltirilgan 
yuz va gavdaning geografik maydoni ham muhim va bu muzokanalar natijasiga 
ta’sir qiladi. Bu noverbalik signal orqali yetkaziladi va odatda suhbatdoshlar 
tomonidan to‘g‘ri talqin qilinadi. Shundan so‘ng «Nigoh texnologiyasi» va uni 


boshqa odamlar bilan muloqot qilish jarayonida samarali qo‘llashni o‘rganish 
uchun 30 kunga yaqin doimiy kuchli amaliyot talab qilinadi. 
4. O‘quvchi nigohini nazorat qilishning quyidagi usullari mavjud:
- Doskaga yoki ko‘rgazmali qurolga qo‘l uzatish; 
- O‘quvchi peshonasidagi uchburchak huduga tikilib dars o‘tish; 
- Vaqti-vaqti bilan qo‘lni o‘z nigohiga yaqinlashtirish. Bu o‘qituvchi va 
o‘quvchi ko‘zlari orasida kontakt ro‘y berishiga sabab bo‘ladi; 
- Do‘stona, samimiy nigoh bilan yuzlanish. 
Qo‘l yoki ko‘rsatkich vosita yordamida mavzuni tushuntirishda o‘quvchilar 
nigohi o‘sha vositada bo‘ladi. Shu sababli bu vositalarni o‘qituvchi o‘z nigohi 
to‘g‘risiga ko‘proq olib kelib mavzuni tushuntirishi lozim. 
Ishonchli nigoh. Darsda o‘qituvchi mavzuni tushuntirish jarayonida 
o‘quvchining peshonasida uchburchak joylashgan deb tasavvur qilishi lozim. O‘z 
nigohingizni mana shu uchburchakka qaratib, suhbat davomida jiddiy atmosfera 
(iqlim, muhit) yaratasiz. o‘z navbatida o‘quvchingiz sizning bu jiddiy 
kayfiyatingizdan mas’uliyatni his etadi. Suhbat davomida nigohingizni 
suhbatdoshingizdan uzmasangiz, nigoh yordamida siz darslarning borishini nazorat 
qila olasiz. 
Ijtimoiy nigoh. Agar nigohingiz suhbatdoshingiz ko‘zi baravaridan pastga 
tushsa, ijtimoiy muloqot muhiti yaratiladi. Nigoh xususiyatlarini o‘rganish 
bo‘yicha tajribalar shuni ko‘satadiki, ijtimoiy muloqot vaqtida ko‘zlar ham inson 
yuzidagi ramziy uchburchakka qaratilar, bu holatda uchburchak ko‘zlar chizig‘i va 
og‘iz atrofida taqalar ekan. 
Zimdan qarash. Zimdan qarash, qiziqish yoki dushmanlikni ifoda qilish uchun 
qo‘llaniladi. Agar u yengil ko‘chirilgan qoshlar yoki tabassum bilan kuzatilsa, 
uning qiziqishini bildiradi va ko‘p hollarda suhbatdoshda moyillik uyg‘otish 
uchun qo‘llaniladi. 
Agar u pastga osilgan qoshlar, tirishgan peshona yoki osilgan og‘iz chetlari 
bilan kuzatilsa, shubhali dushmanona yoki tanqidiy munosabatni bildiradi. Suhbat 
davomida qovoqlarini tushirib ko‘z yumadigan odamlar juda g‘ashingizni keltiradi. 


Bu imo-ishora ong osti bilan bog‘liq bo‘lib, suhbatdosh o‘zining ko‘rish 
maydonidan sizni chiqarib yuborishga urinadi. Chunki siz uni juda zeriktirdingiz 
yoki qiziqtirmay qo‘ydingiz. Ko‘z ochib yumishning me’yoriy ketma-ketligi 
minutiga 6-8 marta bo‘lgani holda bu odamning qovog‘i xuddi odam bir lahzada 
sizni o‘z xotirasidan o‘chirganday, bir soniya ichida yoki undan sal ortiq vaqtda 
yumiladiganday tuyuladi. Qarshingizdagi odamning uxlab qolishi suhbatingizdan 
qochishning eng oxirgi usuli hisoblanadi. 
Ammo bu holat faqat ikki kishilik suhbatda kam uchraydigan jarayondir. Agar 
kimdir o‘z ini sizdan ustunligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, uning yopilgan qovoqlari 
orqaga tashlangan bosh va yuqoridan qarash sifatida ma’lum bo‘lgan uzoq nigoh 
bilan kuzatiladi. Agar siz suhbatdoshingizda bunday nigohni sezib qolsangiz, 
bilingki, sizning xulq-atvoringiz unda salbiy hislarni uyg‘otyapti. Siz. Suhbatni 
muvaffaqiyatli tugatmoqchi bo‘lsangiz, nimanidir o‘zgartirishga urinishingiz 
kerak bo‘ladi. 
Eksperimental tadqiqotlarga ko‘ra, 87% axborot inson miyasiga ko‘rish 
retseptorlari, 9% eshitish, 4% boshqa sezgi organlari orqali yetkaziladi. Agar siz, 
masalan, odamga o‘zingizning hikoyangizni ko‘rgazmali qurol yordamida 
ko‘rsatib hikoya qilsangiz, u uzatayotgan xabaringizni 9 foizga o‘zlashtiradi. Agar 
eshitayotgani ko‘rsatayotgan narsaga nisbatan bevosita bog‘liq bo‘lmasa. 
Agar xabaringiz ko‘rgazmali qurol bilan bog‘liq bo‘lsa, uni ko‘rganda 
yuborayotgan xabaringizning faqat 25—30 foizini o‘zlashtiradi. Uning diqqati 
ustidan maksimal nazorat o‘rnatish uchun ko‘rgazmali qurolni va tasavvur qilingan 
narsani ko‘rsatish uchun ruchka yoki biron-bir ko‘rsatkichdan foydalaniladi. So‘ng 
ruchkani ko‘rgazmali quroldan olib, o‘zingizning ko‘zlaringiz yaqinida tuting. 
Xuddi magnit tortganday uning boshi ko‘tariladi va u sizning ko‘zlaringizga 
qaraydi, natijada siz nimani gapirsangiz u ko‘radi hamda eshitadi. Demak, 
axborotni 
maksimal 
darajada 
o‘zlashtirishda shunday qilingki, boshqa 
qo‘lingizning kafti uning ko‘z o‘ngida bo‘lsin. 

Yüklə 128,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin