Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:
1) 2D (inglizcha two dimension - ikki o’lchamli jumlasidan olingan). 2) 3D (inglizcha three dimension - uch oTchamli jumlasidan olingan).
Ikki o’lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo’lib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin.
Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o‘rni mayda kublar bilan to‘ldiriladi.
Agar bu kublar yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ularni ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Uch o’lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual (xayoliy) borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim - shlemlarda tasvirlanadi.
Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika. Rastr so‘zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rastrum - xaskash, omoch so‘zidan olingan. Monitor ekranida tasvir televizor ekranidagi kabi yaratiladi. Rastrli grafika Vektorli grafika
Rastrli tasvirning o‘lchami deganda undagi ustunlar va satrlar soni tushuniladi. Masalan, 3200x2400 o‘lchamli tasvirda 7 million 680 mingta, 1920x1080 o‘lchamlisida 2 million 73 ming 600 ta piksel bor.
Rastrlar zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni tushuniladi va dpi (dot sper inch - bir dyuymdagi nuqtalar) da o‘lchanadi.
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi.
Vektor grafikasida tasvir oddiy shakllaming yig‘indisi ko'rinishi ifodalanadi, saqlanadi va tasvirlanadi.
Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foydalaniladi.
Operatsion tizimdagi shriftlar vektor grafikasi asosida yaratilgan va ularning yuqori sifati barcha tomonidan e’tirof etilgan
Fraktal so‘zi lotincha fractus so'zidan olingan bo’lib, maydalangan, bo’lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi.
Fraktallar deb o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat bo’lgan geometrik shakllarga aytiladi.
Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo’lib, u qisqa vaqt ichida juda ommaviylashib ketdi.
Fraktallar oddiy matematik formulalar yordamida ajoyib tasvirlar yaratish imkonini beradi.