Individuallik - shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologikxususiyatlar.
Shaxs -kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti,ta`lm sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Ta`lim va tarbiya mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta`lim jarayoni – o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta`lim maqsadi (o’qish, bilim olish maqsadi) – ta`limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya.
Ta`lim natijasi (ta`lim mahsuli) – ta`lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o’quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a`zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me`yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.