Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos»



Yüklə 38,19 Kb.
səhifə1/17
tarix22.05.2023
ölçüsü38,19 Kb.
#119789
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» (2)


Pedagogika
(yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» - bola, etaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan.


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.


Bilish
ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.


Idrok
– aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni.


Ijtimoiylashuv
– ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.


Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar
- o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari.


Fanning ob’ekti
- shu fan tadqiq etadigan voqe’lik qismi ya’ni, o’rganish sathi, maydoni hisoblanadi.


pedagogika fanining ob’ekti
pedagogik jarayonda kechadigan tarbiyalash, ta’lim berish, rivojlantirish asosida shakllanadigan inson hisoblanadi.


Pedagogika o’zining ob’ektini
– rivojlanayotgan, doimiy yuksalish sharoitidagi insonda anglaydi. Bu inson doimiy ravishda tabiat hamda jamiyat qonuniyatlariga bo’ysunib, ular bilan uyg’unlikda faoliyat ko’rsatadi.


Fanning predmeti
ob’ektdagi bevosita o’rganiladigan aniq soha bo’lib, u o’z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega.
Predmet
– bu tadqiqotchi (sub’ekt) tomonidan mazkur ob’ektda qo’yilgan vazifani o’rganish sohasi hisoblanadi.


Individ
(lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma`nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.



Yüklə 38,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin