5. ADABIYOTLARNI O’RGANISH, MAHLUMOTLARNI TO’PLASH, XULOSA VA TAKLIFLARNI ASOSLASH
Tanlangan kurs ishi mavzusiga muvofiq, talaba mustaqil ravishda adabiyotlarni, rasmiy hujjatlarni va idoraviy materiallarni o’rganadi. Adabiyotlarni o’rganish talabaga tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlab olish, ya’ni mavzuga aloqador bo’lgan marketing faoliyatini tashkil etish va savdo texnologiyasining asosiy masalalari hamda tushunchalarini, o’rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini va ilmiy atamalar tizimini bilib olish imkonini beradi Adabiy manbalarni va mavzuga taalluqli masalalarning hozirgi ahvolini chuqur o’rganish kurs ishini yozish uchun zarur materiallarning hajmini va xarakterini aniqlashga imkon yaratadi
Kurs ishini bajarish O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov chiqargan farmonlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalaridan kelib chiqib pedagogika nazariyasi va tarixini o’rganishni nazarda tutadi. Mavzu bo’yicha materiallarni o’rganayotganda fikr-mulohazalarni xomaki tarzda yozib borish maqsadga muvofiqdir. Bu keyinchalik kurs ishi rejasiga binoan materiallarni tartibga solishni va umumlashtirishni yengillashtiradi.
Tadqiqot manbaining hisobot ma’lumotlari kamida so’nggi uch yillikni qamrab olishi kerak. O’zaro taqqoslash uchun bir xil sharoitlarda faoliyat ko’rsatayotgan ilg’or savdo korxonalari (tashkilotlari)ning tajribalarini o’rganish muhimdir.
To’plangan haqiqiy materiallar o’rganayotgan masalaning hozirgi ahvolini ifodalashga, rivojlanish jarayonlari va yo’llarini aniqlashga imkon beradi, ko’rib chiqilayotgan muammoni hal qilish va uni takomillashtirish uchun zamin yaratadi.
Ayrim hollarda o’rganilayotgan muammo bo’yicha zarur ma’lumotlarga ega bo’lish uchun mahsus kuzatuvlar o’tkaziladi.
To’plangan raqamli ma’lumotlar tahliliy jadvallarda tartibga solinib umumlashtiriladi. Bu jadvallar iqtisodiy tahlillar, xulosalar va tavsiyanomalar uchun asos bo’lib xizmat kiladi.
Olingan materiallarni tahlil qilish natijalari o’rganib bo’lingach, kurs ishini bajarishning yanada qiyinroq bosqichiga - xulosa va takliflarni asoslashga kirishiladi. Xulosa va takliflar bitiruv ishining mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqishi hamda aniq bir savdo korxonasi faoliyatinn yaxshilashga va takomillashtirishga yo’naltirilishi lozim. Ular savdo tarmog’i uchun va kurs ishiga materiallar to’plangan savdo korxonasida foydalanish uchun amaliy maqsadlarni ifoda etishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |