“Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni talabalar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə9/9
tarix03.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#151740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni ovqatlantirish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari - muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport)dir. Pedagogik-psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi:
- go’daklik davri - bevosita hissiy-ruhiy;
- go’daklikdan keyingi davr - predmetli faoliyat;
- maktabgacha davr - rolli o’yinlar;
- ilk maktab davri - o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri - kasb ta’limi faoliyati;
- o’spirinlik davri - shaxsiy muloqot faoliyati.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T.: 2009
  • Internet manbalar

e’tiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin