Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

1. Lirik qo‘shiq!ar. 
Bunday qo‘shiqlarda insonlarning ruhiy olami
turli kechinmalari aks etadi, ular kasb, vaqt, joy tanlamaydi.
2. Mehnat qo‘shiqlari: 
mehnat turi jarayonida ijro etiladi. Uning 
quyidagi turlari mavjud:
A) dehqonchilik bilan bog‘liq mehnat q o ‘sltiqlari;
B) chorvachilik bilan bog‘liq mehnat q o ‘shiqlari;
V) hunarmandchilik bilan bog‘liq mehnat q o ‘shiqlari.
Mehnat qo‘shiqlari mehnat qiluvchilarga ruhiy ko‘tarinkilik 
bag‘ishlab, ularga kuch-g‘ayrat, bardamlik ato etgan. Misollar:
Charx yigirib. charx yigirib,
Chorbog‘ olgan man o ‘zim.
Soyalarda o'zlashtirib,
Kashta tikkan man o ‘zim.
O g‘am to‘ni, qo‘zim to‘ni,
Tiklab-tiklab tikay uni.
Yorim to‘ni, jonim to ‘ni,
Jonim bilan tikay uni.
Men og‘amga to‘n bichay 
Juma, chorshanba kuni.
Uni og‘am kiysinlar,
Ro‘zayu navro‘z kuni.
0 ‘rmagimni to‘qiyman,
Kecha-kunduz no‘qiyman.
Qachon tamom bo‘ladi,
Deb ashula to‘qiyman.
3.Mavsumiy-marosim qo‘shiqlari 
- yil fasllari, turli marosimlar 
tasvirlangan qo‘shiqlar bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
A) 
«Sust xotin» (yomg‘ir chaqirish q o ‘sh ig‘i).
Sust xotin 
zardushtiylarda yom g‘ir tangrisi (osmon suvlari xudosi) hisoblangan. 
Bahor oylarida yomgMr yetarlicha yog'masa, «Sust xotin» qo‘shig‘ini 
aytib, xonadonlarga kirib yurishgan. Yig‘ilgan xayr-sadaqaga Sust 
xotinga atab is chiqarishgan. Quyidagi misralarda yom g‘ir hadya etish 
uchun Sust xotinga iltijo qilinmoqda:
35


Hosillar m o‘l boMsin. sust xotin,
Dehqonning uyi to‘lsin, sust xotin,
Yom g‘irlami yog‘dirsin, sust xotin,
Yomonning uyi kuysin, sust xotin,
Osmondan tomchi tashlab, sust xotin,
Elu yurtni to‘ydirsin, sust xotin.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin