kiruvchi xalq og‘zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati, milliy urf-
odatlar, an’analar, udumlar, xalq o ‘yinlari va o ‘yinchoqlari,
bayram va
marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni, xalq pedagogikasida
oila tarbiyasi, yoshlami tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom
dinining
odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta ’limotlari, xalq pedagogikasida
xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy m e’morchilik, milliy
musiqa, qo'shiqchilik, raqs san’ati va milliy teatrlarning
axloqiy
tarbiyadagi o ‘mi, o ‘zbek xalqining muomala madaniyati, axloqiy
m e’yorlari, xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom
turmush tarzi masalalari alohida boblarda o ‘z aksini topgan.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari va xalq
tarbiyaviy
an’analaridan
o ‘quv-tarbiyaviy jarayonda
foydalanish
masalalari ham yoritilgan.
Shuningdek, har bir mavzudan keyin nazorat savollari, matnli
topshiriqlar, «Bilasizmi?» va «Bu qiziq!» ruknlarida mavzu bo‘yicha
qiziqarli m a’lumotlar berilgan.
Muallif.