Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti
xalqimizning
axloqiy, ta ’lim-tarbiyaviy qarashlari bo'yicha to ‘plangan boy m a’naviy-
m a’rifiy meros va pedagogik g'oyalari bilan tanishtirish jarayoni
sanaladi. M azkur jarayonda quyidagilar o ‘rganiladi:
-xalqim izning m a’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari;
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari;
- o ‘zbek xalqining axloqiy m e’yorlari, muomala madaniyati;
-xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, so g io m
turmush tarzining aks etishi;
- buyuk mutafakkirlaming pedagogik g ‘oyalari;
- xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati;
-m illiy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o ‘yinlari
va o ‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o ‘mi;
-xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar;
-xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h.
Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi
- bo‘lg‘usi pedagogik
kadrlarda pedagogik tafakkumi shakllantirish va kengaytirish, xalqi
mizning o ‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha
to‘plangan boy m a’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari,
ta ’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning
kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir.
Fanning vazifalari
- xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid
boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq peda
gogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayon-
larining xalq og'zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda
ifodalanish masalalarini o ‘rganish hamda kelajak avlodga uning
mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat.
0 ‘zbek xalqining o ‘tmishdagi tarixiy tajribasi, m a’naviy, madaniy,
ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog'Iiq masalalarni ilmiy
6
jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yo ‘lini aniq belgilab
beradi. Zero, o ‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va
pedagogik g ‘oyalarini aniq bilish m a’naviy barkamollikni ta’minlovchi
bir omildir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek: «Mamlakati-
mizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk m a’naviyati-
mizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi
bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari
darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda».
Bu esa bizdan boy ma’rifiy merosimizning bebaho manbalaridan
ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalanishimizni taqozo etadi.
I.A.Karimov o ‘z asarlarida
ajdodlarimiz qoldirgan boy
milliy
qadriyatlaming ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: «Xalqimiz
tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan m a’naviy merosning o ‘zi bir hazina, bu
hazinadan oqilona foydalanishimiz lozim »,1 - deydi.
Ana shu m a’naviy merosning bir ko'rinishi bo‘lgan xalq pedago-
gikasi obidalari faqat pedagogik xaqiqatlar majmuasigina bo'lib qolmay,
balki xalqimiz unda o ‘z ideallari hamda muhim didaktik prinsiplarini
ham aks ettirgan. Shu o‘rinda turli xalqlar pedagogikasi bilan
shug‘ullanuvchi etnopedagogika fani haqida to‘xtalib o ‘tsak.
Etnopedagogika - etnik guruhlarning ta’lim tarbiya borasidagi
tajribalari, oila, urug‘, avlod, millatning qadimiy qadriyatlariga ma’na
viy, botiniy va zohiriy qarashlari haqidagi fandir. U xalq pedagogi-
kasidan zamonaviy sharoitlarda foydalanish yo'llarini ko‘rsatadi, etnik
guruhlarning bu boradagi tajribalarini yig‘adi va tatbiq etadi.
Boshqacha qilib aytganda, etnopedagogikani turli xalqlar tarbiya-
sining tarixi va nazariyasi sifatida ko‘rish mumkin. Barcha xalqlarda
benazir aql, xushmuomalalik, mardlik, xaqgo'ylik, mehnatsevarlik,
Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik kabi xislatlar yuqori baholanadi.
Etnopedagog G.N.Volkovning ta’kidlashicha, «Наг bir xalqning
kuchli va o ‘ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi stereotip tavsiflar hozirgi
kungacha o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas»2.
Nemischa batartiblik,
amerikacha ishbilarmonlik, fransuzcha xushmuomalalik, inglizcha
rasmiyatchilik, o ‘zbekcha mehmondo‘stlik kabi ijobiy fazilatlar shular
jumlasidandir.
1 Karimov I.A. Buyuk maqsad vo'lidan og'ishm aylik- Т.: 0 ‘zbekiston, 1993.
2
Волков Г.Н. Этнопедагогика. -Т.: Фан, 2000.
7
0 ‘tmishning buyuk pedagoglari xalqning pedagogik qarashlari va
pedagogik tajribalami o ‘rganishga juda ko‘p e ’tibor berganlar. Klassik
pedagoglaming ta’kidlashicha, xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni
boyitadi, uning tayanchi va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedago
gikasi o ‘z navbatida etnopedagogikaning predmetidir. U pedagogik fan-
laming yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Badiiy adabiyotning yaratilishi bilan og‘zaki ijod bartaraf etilmagani
kabi pedagogik fanlar ham xalqning kundalik hayotidan pedagogik
qarashlami siqib chiqara olmadi. Pedagogik fanlar va xalq pedagogikasi
o ‘zaro munosabatga kirishdi, bir-birining rivojlanishiga yaxshi ta’sir
qildi va buning natijasi o ‘laroq pedagogik madaniyat vujudga keldi.
Xalqlaming pedagogik madaniyati bilan juda qiziqqan rus
yozuvchisi V.G.Belinskiy: «Наг bir millatning o ‘ziga xosligi, asosan
faqat shu millatga xos dunyoqurash, din, til, urf-odatlar va an’analardir»,
- deydi. 0 ‘tmishda yig‘ilgan m a’rifiy boyliklami buyuk faylasuf Gegel
«o‘zidan kuch taratuvchi ona yer» bilan taqqoslagan. Uning ta’kidla
shicha, «ilm-fan va ta’limning har bir yangiligi uning qadimiylikka
murojaatidan kelib chiqadi». Demak, madaniyatning, jumladan peda
gogik madaniyatning an’anaviyligi xalqlaming yuqori madaniyatining
muhim belgisidir. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy: «Xalqlaming o ‘z
qadimiy madaniyatiga e ’tibori va qiziqishning uyg‘onishi ulaming
xaqiqiy donoligidan dalolatdir»,3 - deydi.
Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turmush faoliyati
jarayonida to ‘plangan va avloddan-avlodga o ‘tib kelayotgan tarbiya
borasidagi tajriba va bilimlari yig‘indisidir.
Folklorshunos T.Mirzaev ta’rifi bilan aytganda: «Xalqimiz antik
davr va o ‘tgan asrlarning klassik epopeyalari - «Iliada» va «Odisseya»,
«Maxobxorat» va «Ramayana», «Igor jangnomasi» va «Shohnoma»,
«Manas» va «Jangar» kabi shoh asarlar bilan bellasha oladigan va ular
bilan teng turgan
hayratomuz dostonlarga, rang-barang ertaklarga,
xalqning hayot tajribalarini o ‘zida mujassamlashtirgan ajoyib maqol va
matallarga, juda ko‘p topishmoqlar, latifalarga egaki, bular ma’naviy
boyligimiz, zo‘r iftixorimizdir»4.
0 ‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o ‘zbek xalqi boshqa xalqlar
kabi moddiy-ma’naviy boyliklar yaratuvchi ijodkor xalq. Ko‘p qirrali
tarixiy va boy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq pedagogi-
kasini o ‘rganish orqali kamolotga erishgan ajdodlarimiz, buyuk
5 Форобий Абу Hacp. Рисолалар. - Т.: Фан, 1975.
4 Т.Мирзаев. Ходи Зариф. -Т.: Г.Гулом, 1967.
allomalarimizning ilm-fan, san’at va adabiyot sohasidagi durdonalari
uzoq asrlar davomida jahon madaniyati xazinasidan o ‘ziga munosib
o ‘rin egallagan.
«Xalqimizning ma’naviy madaniyatidan biri bo‘lgan xalq pedagogi-
kasining eng ilg‘or va eng noyob fikr va mulohazalari, tarbiya borasida
qoMlanib kelingan usul, vosita,
ko'nikma va malakalar bizning
zamonamizda ham o ‘z qimmati va ahamiyatini yo^otm agan»3.
Xalq pedagogikasi tom m a’nosi bilan umuminsoniy, xalqchil
pedagogikadir. Uni xalqlar tarixi, xalq falsafasi, psixologiyasi, etnogra-
fiyasi, va xalq tibbiyotidan tashqarida tasavvur qilib boMmaydi. Shu-
ningdek, xalq pedagogikasi o ‘zining udumshunoslik, elshunoslik,
qadrshunoslik, ruhshunoslik, mumtoz adabiyot, san’at, og‘zaki ijod kabi
fan sohalaridagi eng yaxshi namunalami, hayotning, tafakkurning, odob-
ahloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini qamrab oladi. Xalq
pedagogikasining bunchalik ta’sir kuchi, ahamiyati va yashovchanli-
gining boisi, «birinchidan uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra,
serma’noligida bo‘lsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan
mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, hayot, inson
muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb
masalalari
yechimini hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalish-
ga, umumbashariy g‘oya maqsadlarga qaratilganidadir»6.
Vatanimizga mukammal, axloqan pok, har tomonlama yetuk, o ‘z
xalqi va vataniga fidoiy, jismoniy barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq
pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan foydalanish masalalari maz-
kur fanni o ‘rganish maqsadini belgilab beradi. Chunonchi milliy va
ma’naviy qadriyatlar mohiyatini kelgusi avlodga tushuntirish ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. M a’lumki, qadriyatlami yaratuvchi
ham, avloddan-avlodga yetkazuvchi ham xalqning o ‘zi. Shu bois ham
xalq pedagogikasida qadriyatlar pedagogik jihatdan keng o ‘rganiladi,
bunda ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: oilaviy qadriyatlar,
mehnat qadriyatlari, maishiy turmushni ifodalovchi qadriyatlar, ijtimoiy-
siyosiy mazmundagi qadriyatlar, madaniy-ma’rifiy qadriyatlar, badiiy-
estetik qadriyatlar, sog‘lom turmush tarziga oid qadriyatlar, m a’naviy-
ruhiy qadriyatlar.
Oilaviy qadriyatlar oila va oila a ’zolari tomonidan qadrlanadigan
o ‘zaro munosabatlar, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish,
qarindosh-urug'lar o ‘rtasidagi mehr-oqibat kabilami qamrab oladi.
5 З.Миртурсунов Узбек халк педагогикаси, -Т.: Фан, 1973.
6 Хршимов K., Очил С. Узбек педагогикаси антологияси. -Т .: Укигувчи. 1995, 14-бет.
9
Sog1 lom turmush tarziga oid qadriyatlarga esa xalqimizning o ‘z
farzandlarini sog‘-salomat, mard va vatanparvar bo‘lib yetishishida
qoilaniladigan tarbiya usullari kiradi. Badiiy-estetik qadriyatlarga xalq
amaliy san’ati, hunarmandchiligi, musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, tasviriy
san’at, milliy bayramlar, urf-odatlar, an’analar, to‘y-tomoshalar, motam
marosimlari, kiyinish madaniyati va boshqalarni kiritish mumkin.
M a’naviy-ruhiy qadriyatlar mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehr-
muruvvat, saxovat kabi xislatlardan iborat bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy
qadriyatlar adolat, tinchliksevarlik, erkinlik, do‘stlik, tenglik kabi
tushunchalami o ‘z ichiga oladi. Mehnat qadriyatlariga hunarmandchilik,
dehqonchilik,
chorvachilik
kabi
sohalar kiradi,
inson
maishiy
turmushiga oid qadriyatlar esa milliy taomlar, xalq tabobati, sharqona
mehmondo‘stlik kabilami qamrab oladi.
Madaniy-ma’rifiy qadriyatlarga turli yodgorliklar, maqbaralar, tari-
xiy ansambllar, masjidlar, madrasalar kiradi. Ilmiy-ma’naviy qadriyat
larga esa insoniyat rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy
manbalar, mantiq, falsafa, riyoziyot, handasa(geometriya), jabrumuqobil
(algebra), ju g ‘rofiya, ilmi nujum(astronomiya), adabiyot, ulum al-
islom(islom ilmi) kiradi.
Demak, yuqorida ta ’kidlaganimizdek, xalq pedagogikasi xalqimiz
ning qahramonona o ‘tmishi, milliy qadriyatlari, tarixi,
urf-odatlari,
ta’lim-tarbiyadagi ilg‘or g ‘oya va tajribalarini o ‘zida aks ettiradi. Ana
shu bebaho merosni o ‘rganish va undan o ‘quv tarbiya jarayonida
foydalanish uchun avvalo xalq ommasi to‘plagan pedagogik m a’lu-
motlar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar qanday manbalardan olinishini
bilishimiz kerak. Zotan, xalq pedagogikasi manbalarida qator o ‘ziga
xoslik va takrorlanmaslik mavjuddir (Chizmaga qarang).
Etnopedagogika fanining asoschilaridan biri G.N.Volkovning
quyidagi ta ’rifi
Dostları ilə paylaş: |