Pedagogikasi


Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti 
xalqimizning 
axloqiy, ta ’lim-tarbiyaviy qarashlari bo'yicha to ‘plangan boy m a’naviy- 
m a’rifiy meros va pedagogik g'oyalari bilan tanishtirish jarayoni 
sanaladi. M azkur jarayonda quyidagilar o ‘rganiladi:
-xalqim izning m a’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari;
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari; 
- o ‘zbek xalqining axloqiy m e’yorlari, muomala madaniyati;
-xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, so g io m
turmush tarzining aks etishi;
- buyuk mutafakkirlaming pedagogik g ‘oyalari;
- xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati;
-m illiy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o ‘yinlari
va o ‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o ‘mi;
-xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar;
-xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h. 
Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi 
- bo‘lg‘usi pedagogik 
kadrlarda pedagogik tafakkumi shakllantirish va kengaytirish, xalqi­
mizning o ‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha 
to‘plangan boy m a’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari, 
ta ’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning 
kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir.
Fanning vazifalari 
- xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid 
boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq peda­
gogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayon- 
larining xalq og'zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda 
ifodalanish masalalarini o ‘rganish hamda kelajak avlodga uning 
mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat.
0 ‘zbek xalqining o ‘tmishdagi tarixiy tajribasi, m a’naviy, madaniy, 
ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog'Iiq masalalarni ilmiy
6


jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yo ‘lini aniq belgilab 
beradi. Zero, o ‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va 
pedagogik g ‘oyalarini aniq bilish m a’naviy barkamollikni ta’minlovchi 
bir omildir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek: «Mamlakati- 
mizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk m a’naviyati- 
mizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini 
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi 
bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari 
darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda».
Bu esa bizdan boy ma’rifiy merosimizning bebaho manbalaridan 
ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalanishimizni taqozo etadi.
I.A.Karimov o ‘z asarlarida 
ajdodlarimiz qoldirgan boy 
milliy 
qadriyatlaming ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: «Xalqimiz 
tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan m a’naviy merosning o ‘zi bir hazina, bu 
hazinadan oqilona foydalanishimiz lozim »,1 - deydi.
Ana shu m a’naviy merosning bir ko'rinishi bo‘lgan xalq pedago- 
gikasi obidalari faqat pedagogik xaqiqatlar majmuasigina bo'lib qolmay, 
balki xalqimiz unda o ‘z ideallari hamda muhim didaktik prinsiplarini 
ham aks ettirgan. Shu o‘rinda turli xalqlar pedagogikasi bilan 
shug‘ullanuvchi etnopedagogika fani haqida to‘xtalib o ‘tsak.
Etnopedagogika - etnik guruhlarning ta’lim tarbiya borasidagi 
tajribalari, oila, urug‘, avlod, millatning qadimiy qadriyatlariga ma’na­
viy, botiniy va zohiriy qarashlari haqidagi fandir. U xalq pedagogi- 
kasidan zamonaviy sharoitlarda foydalanish yo'llarini ko‘rsatadi, etnik 
guruhlarning bu boradagi tajribalarini yig‘adi va tatbiq etadi.
Boshqacha qilib aytganda, etnopedagogikani turli xalqlar tarbiya- 
sining tarixi va nazariyasi sifatida ko‘rish mumkin. Barcha xalqlarda 
benazir aql, xushmuomalalik, mardlik, xaqgo'ylik, mehnatsevarlik, 
Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik kabi xislatlar yuqori baholanadi.
Etnopedagog G.N.Volkovning ta’kidlashicha, «Наг bir xalqning 
kuchli va o ‘ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi stereotip tavsiflar hozirgi 
kungacha o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas»2. 
Nemischa batartiblik, 
amerikacha ishbilarmonlik, fransuzcha xushmuomalalik, inglizcha 
rasmiyatchilik, o ‘zbekcha mehmondo‘stlik kabi ijobiy fazilatlar shular 
jumlasidandir.
1 Karimov I.A. Buyuk maqsad vo'lidan og'ishm aylik- Т.: 0 ‘zbekiston, 1993.
2
Волков Г.Н. Этнопедагогика. -Т.: Фан, 2000.
7


0 ‘tmishning buyuk pedagoglari xalqning pedagogik qarashlari va 
pedagogik tajribalami o ‘rganishga juda ko‘p e ’tibor berganlar. Klassik 
pedagoglaming ta’kidlashicha, xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni 
boyitadi, uning tayanchi va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedago­
gikasi o ‘z navbatida etnopedagogikaning predmetidir. U pedagogik fan- 
laming yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Badiiy adabiyotning yaratilishi bilan og‘zaki ijod bartaraf etilmagani 
kabi pedagogik fanlar ham xalqning kundalik hayotidan pedagogik 
qarashlami siqib chiqara olmadi. Pedagogik fanlar va xalq pedagogikasi 
o ‘zaro munosabatga kirishdi, bir-birining rivojlanishiga yaxshi ta’sir 
qildi va buning natijasi o ‘laroq pedagogik madaniyat vujudga keldi.
Xalqlaming pedagogik madaniyati bilan juda qiziqqan rus 
yozuvchisi V.G.Belinskiy: «Наг bir millatning o ‘ziga xosligi, asosan 
faqat shu millatga xos dunyoqurash, din, til, urf-odatlar va an’analardir»,
- deydi. 0 ‘tmishda yig‘ilgan m a’rifiy boyliklami buyuk faylasuf Gegel 
«o‘zidan kuch taratuvchi ona yer» bilan taqqoslagan. Uning ta’kidla­
shicha, «ilm-fan va ta’limning har bir yangiligi uning qadimiylikka 
murojaatidan kelib chiqadi». Demak, madaniyatning, jumladan peda­
gogik madaniyatning an’anaviyligi xalqlaming yuqori madaniyatining 
muhim belgisidir. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy: «Xalqlaming o ‘z 
qadimiy madaniyatiga e ’tibori va qiziqishning uyg‘onishi ulaming 
xaqiqiy donoligidan dalolatdir»,3 - deydi.
Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turmush faoliyati 
jarayonida to ‘plangan va avloddan-avlodga o ‘tib kelayotgan tarbiya 
borasidagi tajriba va bilimlari yig‘indisidir.
Folklorshunos T.Mirzaev ta’rifi bilan aytganda: «Xalqimiz antik 
davr va o ‘tgan asrlarning klassik epopeyalari - «Iliada» va «Odisseya», 
«Maxobxorat» va «Ramayana», «Igor jangnomasi» va «Shohnoma», 
«Manas» va «Jangar» kabi shoh asarlar bilan bellasha oladigan va ular 
bilan teng turgan 
hayratomuz dostonlarga, rang-barang ertaklarga
xalqning hayot tajribalarini o ‘zida mujassamlashtirgan ajoyib maqol va 
matallarga, juda ko‘p topishmoqlar, latifalarga egaki, bular ma’naviy 
boyligimiz, zo‘r iftixorimizdir»4.
0 ‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o ‘zbek xalqi boshqa xalqlar 
kabi moddiy-ma’naviy boyliklar yaratuvchi ijodkor xalq. Ko‘p qirrali 
tarixiy va boy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq pedagogi- 
kasini o ‘rganish orqali kamolotga erishgan ajdodlarimiz, buyuk
5 Форобий Абу Hacp. Рисолалар. - Т.: Фан, 1975.
4 Т.Мирзаев. Ходи Зариф. -Т.: Г.Гулом, 1967.


allomalarimizning ilm-fan, san’at va adabiyot sohasidagi durdonalari 
uzoq asrlar davomida jahon madaniyati xazinasidan o ‘ziga munosib 
o ‘rin egallagan.
«Xalqimizning ma’naviy madaniyatidan biri bo‘lgan xalq pedagogi- 
kasining eng ilg‘or va eng noyob fikr va mulohazalari, tarbiya borasida 
qoMlanib kelingan usul, vosita, 
ko'nikma va malakalar bizning 
zamonamizda ham o ‘z qimmati va ahamiyatini yo^otm agan»3.
Xalq pedagogikasi tom m a’nosi bilan umuminsoniy, xalqchil 
pedagogikadir. Uni xalqlar tarixi, xalq falsafasi, psixologiyasi, etnogra- 
fiyasi, va xalq tibbiyotidan tashqarida tasavvur qilib boMmaydi. Shu- 
ningdek, xalq pedagogikasi o ‘zining udumshunoslik, elshunoslik, 
qadrshunoslik, ruhshunoslik, mumtoz adabiyot, san’at, og‘zaki ijod kabi 
fan sohalaridagi eng yaxshi namunalami, hayotning, tafakkurning, odob- 
ahloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini qamrab oladi. Xalq 
pedagogikasining bunchalik ta’sir kuchi, ahamiyati va yashovchanli- 
gining boisi, «birinchidan uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, 
serma’noligida bo‘lsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan 
mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, hayot, inson 
muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb 
masalalari 
yechimini hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalish- 
ga, umumbashariy g‘oya maqsadlarga qaratilganidadir»6.
Vatanimizga mukammal, axloqan pok, har tomonlama yetuk, o ‘z 
xalqi va vataniga fidoiy, jismoniy barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq 
pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan foydalanish masalalari maz- 
kur fanni o ‘rganish maqsadini belgilab beradi. Chunonchi milliy va 
ma’naviy qadriyatlar mohiyatini kelgusi avlodga tushuntirish ham 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. M a’lumki, qadriyatlami yaratuvchi 
ham, avloddan-avlodga yetkazuvchi ham xalqning o ‘zi. Shu bois ham 
xalq pedagogikasida qadriyatlar pedagogik jihatdan keng o ‘rganiladi, 
bunda ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: oilaviy qadriyatlar
mehnat qadriyatlari, maishiy turmushni ifodalovchi qadriyatlar, ijtimoiy- 
siyosiy mazmundagi qadriyatlar, madaniy-ma’rifiy qadriyatlar, badiiy- 
estetik qadriyatlar, sog‘lom turmush tarziga oid qadriyatlar, m a’naviy- 
ruhiy qadriyatlar.
Oilaviy qadriyatlar oila va oila a ’zolari tomonidan qadrlanadigan 
o ‘zaro munosabatlar, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, 
qarindosh-urug'lar o ‘rtasidagi mehr-oqibat kabilami qamrab oladi.
5 З.Миртурсунов Узбек халк педагогикаси, -Т.: Фан, 1973.
6 Хршимов K., Очил С. Узбек педагогикаси антологияси. -Т .: Укигувчи. 1995, 14-бет.
9


Sog1 lom turmush tarziga oid qadriyatlarga esa xalqimizning o ‘z 
farzandlarini sog‘-salomat, mard va vatanparvar bo‘lib yetishishida 
qoilaniladigan tarbiya usullari kiradi. Badiiy-estetik qadriyatlarga xalq 
amaliy san’ati, hunarmandchiligi, musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, tasviriy 
san’at, milliy bayramlar, urf-odatlar, an’analar, to‘y-tomoshalar, motam 
marosimlari, kiyinish madaniyati va boshqalarni kiritish mumkin.
M a’naviy-ruhiy qadriyatlar mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehr- 
muruvvat, saxovat kabi xislatlardan iborat bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy 
qadriyatlar adolat, tinchliksevarlik, erkinlik, do‘stlik, tenglik kabi 
tushunchalami o ‘z ichiga oladi. Mehnat qadriyatlariga hunarmandchilik, 
dehqonchilik, 
chorvachilik 
kabi 
sohalar kiradi, 
inson 
maishiy 
turmushiga oid qadriyatlar esa milliy taomlar, xalq tabobati, sharqona 
mehmondo‘stlik kabilami qamrab oladi.
Madaniy-ma’rifiy qadriyatlarga turli yodgorliklar, maqbaralar, tari- 
xiy ansambllar, masjidlar, madrasalar kiradi. Ilmiy-ma’naviy qadriyat­
larga esa insoniyat rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy 
manbalar, mantiq, falsafa, riyoziyot, handasa(geometriya), jabrumuqobil 
(algebra), ju g ‘rofiya, ilmi nujum(astronomiya), adabiyot, ulum al- 
islom(islom ilmi) kiradi.
Demak, yuqorida ta ’kidlaganimizdek, xalq pedagogikasi xalqimiz­
ning qahramonona o ‘tmishi, milliy qadriyatlari, tarixi, 
urf-odatlari, 
ta’lim-tarbiyadagi ilg‘or g ‘oya va tajribalarini o ‘zida aks ettiradi. Ana 
shu bebaho merosni o ‘rganish va undan o ‘quv tarbiya jarayonida 
foydalanish uchun avvalo xalq ommasi to‘plagan pedagogik m a’lu- 
motlar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar qanday manbalardan olinishini 
bilishimiz kerak. Zotan, xalq pedagogikasi manbalarida qator o ‘ziga 
xoslik va takrorlanmaslik mavjuddir (Chizmaga qarang).
Etnopedagogika fanining asoschilaridan biri G.N.Volkovning 
quyidagi ta ’rifi 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin