Pedagogikasi


I bob. XALQ PEDAGOGIKASI FANINING NAZARIY



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

I bob. XALQ PEDAGOGIKASI FANINING NAZARIY
ASOSLARI
1.1. Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va
manbalari
Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida 
belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy 
qarashlar, g ‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari bo‘lgan fan, 
san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil 
boigan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni 
tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to'plangan boy ma’naviy 
meroslar xalq pedagogikasida o ‘z ifodasini topib borgan.
Demak, bo‘Ig‘usi pedagog kadrlami 
tayyorlashda aynan shu 
ma’naviy meros - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy 
g ‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali 
foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko'nikma va malakalarni 
egallashlariga asosiy e ’tibomi qaratishimiz zarurdir.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o ‘zbek xalqi va uning madaniy- 
m a’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g ‘oyalari turli 
davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o'zida mujassamlash- 
tirdi. Xalqimiz yaratgan ana shu m a’rifiy fikr va g'oyalar, ta’lim- 
tarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar 
ruhida 
tarbiyaladi. 
Demak, 
ajdodlarimiz 
merosi 
bo‘lgan 
xalq 
pedagogikasini xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi 
deyilishi bejiz emas.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, 
m a’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o ‘rin tutgan. Chunonchi, 
xalq o ‘zining m a’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiy- 
axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq 
pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi 
milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa 
millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi.
Shuni qayd etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik 
qarashlar, allomalarimiz tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil
5


etish va o ‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy tayyorgarligi xaqi- 
dagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o ‘z qimmatini yo'qotmagan.
Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni 
voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri b o iib kelgan. Xalqimiz 
pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy m a’naviy - m a’rifiy 
meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami 
xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan 
boy m a’naviy-m a’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish 
ulaming kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin