Zaminimizda yashab o‘tgan, bugun ham dunyo ahlini hayratga
solayotgan buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va mislsiz ilmiy-
ijodiy kashfiyotlari, ulardagi axloqiy ta’limotlar haqida to‘liq m a’lu-
motga ega bo'lish juda muhimdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlagan-
laridek, «Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bunday ulug‘
zotlaming hayot yo'li va qoldirgan merosini to'liq tasvirlash emas,
balki
ularning eng buyuk namoyandalari timsolida m a’rifat, ilmu fan,
madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o ‘zida uyg‘unlashtirgan
xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini
isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har
tomonlama chuqur o ‘rganish, uning m a’no-mazmunini farzandlarimizga
yetkazish
masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun
jamoatchiligimiz uchun ham qarz,
ham farz boMishi shart deb
hisoblayman.»10
Bu fikrlar tarixda o'chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning
ibratli hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqidagi bilimlarimizni kengay-
tirishga da’vat etadi.
Dostları ilə paylaş: