A!-Xorazmiyning sonlar tizimi haqidagi asarlaridan biri Yevropada
«Algorizm» nomi bilan tanildi va bu nomdan zamonaviy «algoritm»
so‘zi kelib chiqdi.
Al-Xorazmiy matematikadan tashqari astronomiya ilmiga oid turli
mavzularda bir qancha ilmiy maqolalar yozgan. Ulardan eng mashhuri
«Astronomiyaga oid jadvallar» («Zij») asaridir. Olim geografiya
fanining rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shgan. lining muhim geografik
asarlaridan biri «Yerning tasviri» («Surat al-Arz») kitobidir.
Mashhur tarixchi Jorj Sarton al-Xorazmiyni « ...0 ‘z davrining eng
buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, barcha
davrlarning ham eng buyuklaridan biri» deb ta ’rif bergan.
Buyuk allomaning didaktik qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u
bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga va olgan bilimlaridan
o‘rinli foydalanishlariga katta e ’tibor beradi. Bunda u ilm o ‘rganuv-
chilarning ilmiy manbalarni topish, o ‘rganish va tushuntira olish
malakalarini hosil qilish zarurati haqida to ‘xtaladi. U o ‘zining «Al-Jabr
val-Muqobala» asarida olimlar uch guruhga bo‘linishini aytadi:
«Ulardan biri o ‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda
boshqalardan o ‘zib ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros
qilib qoldiradi. Boshqasi o ‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va
bu bilan asami tushunishdagi qiyinchiliklarni osonlashtiradi, uni
tushunarliroq qiladi. Keyingisi esa sochilib yotganni to ‘playdi, o ‘zidan
avvalgilar haqida yaxshi fikrda boMadi».
AI-Xorazmiyning bu fikrlari o ‘sha davrdagi ilmiy-tadqiqot ishlari
va ta'lim metodlari haqida yorqin m a’lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: