Pedagogikasi


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Xalq pedagogikasining muhim y o ‘nalishi va muhim xususiyatlari 
nimalardan iborat?
2. Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti nima?
3. Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat?
4. Etnopedagogika fani nimalarni o ‘rganadi?
5. Pedagogik madaniyat tushunchasini ta’riflang.
6. Gegel o ‘tmishdagi m a’rifiy boyliklar haqida qanday fikrlar 
bildiradi?
7. Xalq pedagogikasiga ta’rif bering.
8. Xalq pedagogikasi qanday fanlar bilan o ‘zaro aloqada o‘rgani- 
ladi?
9. Xalq pedagogikasi manbalariga nimalar kiradi?
10. Xalq 
pedagogikasining tarbiyaviy 
imkoniyatlari 
deganda 
nimalarni tushunamiz?
16


11. Xalq 
pedagogikasining 
didaktik 
imkoniyatlari 
deganda 
nimalarni tushunamiz?
12. Milliy ta’lim-tarbiya nimadan boshlanadi?
13. Aniq va gumanitar fanlami o ‘qitishda xalq pedagogikasi 
manbalaridan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
14. Pedagogika - psixologiya fanlarini o ‘qitishda xalq pedagogika­
sining qaysi manbalaridan foydalanish mumkin?
15. Oilaviy qadriyatlarga nimalar kiradi?
16. SogMom turmush tarziga oid qadriyatlarga ta’rif bering.
17. Badiiy-estetik qadriyatlar va m a’naviy-ruhiy qadriyatlarga 
nimalar kiradi?
18. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va mehnat qadriyatlari haqida 
tushuncha bering.
19. M adaniy-ma’rifiy va ilmiy-ma’naviy qadriyatlami ta’riflang.
T O PSH IR IQ . Quyidagi matnni o ‘qing. Mardlik haqida maqollar 
topib, yod oling. ( 0 ‘zbek tilida mardlik haqida 40ga yaqin maqol bor.)
M A R D LIK - M AN G U LIK
Mardlik, botirlik, qahramonlik, jasurlik insonning qanchalik oliy 
fazilati bo‘lsa, nomardlik, qo‘rqoqlik, sotqinlik uning shunchalik tuban 
illatidir. Xalq o ‘zining ko‘pdan-ko‘p maqollarida ana shu ijobiy va 
salbiy xislatlami zo‘r mahorat bilan ifoda etadi: «Mardlik-kishining 
husni», «Mard bir so‘zda turadi», «Mard maydonda bilinadi», «Mard- 
ning qirq ishidan bir ishi nosoz bo‘lsa ham o ‘zi hijolat» va hokazo. 
«Mardlik - yiqitmoq emas, turg‘izmoq» maqolining m a’nosi kurash 
musobaqasi bilan bog‘liq. Polvonlaming odati shuki, kurash tushganda 
yiqitgan polvon yiqilgan polvonni ko‘tarib o'rnidan turg‘izadi-da, 
yelkasiga qoqib qo‘yadi. Bu uning mardligini bildiradi. Xalqimiz 
mazkur maqol bilan majozan: «Qiyin ahvolga tushib qolgan odamga 
yordam, madad berish, qo‘Ilab-quvvatlash - mardlik belgisi, demoqchi 
bo'ladilar. «Er yigit el chetida, yov betida» maqolida esa «Haqiqiy mard 
yigit o ‘zini katta olmay, el ichida kamtarlik bilan chetlab yuradi-yu
ammo yov kelganda o ‘zining kimligini ko‘rsatadi», - degan m a’no bor. 
«Ming qarg‘a bir tuyg‘unga yetmaydi» maqoli «Mingta qo‘rqoqdan bitta 
botir zo‘r» degan ma’noni anglatadi. Bunda tuyg‘un - sezgir, chaqqon, 
o lg'ir ov qushi, qirg‘iy yo qarchig‘ayning erkagi. Bu qushjtf^majozda 
botirga, qarg‘ani esa qo‘rqoqlarga o ‘xshatadilar. «MardnLm^'har yerda 
,


manzili bor» maqolining mazmuniga ko‘ra mardlik ko‘rsatgan, mardlik 
bilan dong chiqargan odamni hamma yerda taniydilar, hurmat-ehtirom 
bilan qabul qiladilar degan m a’noni uqish mumkin.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin