Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari
deganda xalq
tarbiya tajribasidan joy olgan eng ilg‘or pedagogik bilimlar, malaka va
ko‘nikmalar, zamonaviy o‘quv dargohi va oila tarbiyaviy tizimida
yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun qulay shart-
sharoitlami yaratish tushuniladi. Masalan, xalq maqollarining tarbiyaviy
imkoniyatlari tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqadi. Tarbiyaning
asosiy maqsadi esa har tomonlama yetuk inson, yuksak ma'naviyatli
shaxsni shakllantirishdir. Chunonchi, xalq pedagogikasi qadriyatlari
m a’naviy yetuk, malakali mutaxassislarni tayyorlash, barkamol shaxs
tarbiyasi hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
yaratib beruvchi manbadir.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari
deganda xalqning
yoshlarga bilim va amaliy ko‘nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash
uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o ‘stirish, axloqiy
nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo‘llab kelgan empirik pedagogik
tajribasini zamonaviy milliy ta ’lim jarayonida qoMlash uchun qulayligi
tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o ‘rgatish uslubiyotini xalq
pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin.
Xususan, ganch va yog‘och o ‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblarini
yasash, kulolchilik va boshqa amaliy san’at turlarini egallashning xalq
ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o ‘z usullari, uslub
va vositalari mavjud.
Nazariy bilimlami o'zlashtirishda kundalik hayotdagi tanish hayotiy
voqealarni misol tariqasida qoMlash o ‘quvchilarning faolligini oshiradi,
bilimlarini mustahkamlaydi va dunyoqarashini kengaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi
an’analari asosida o ‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedago
gikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining bar-
cha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’ana-
larining didaktik imkoniyatlari asosan o ‘qitish jarayonida qo‘llaniIadi.
Ko‘pgina fan o ‘quv dasturlari va darsliklarida xalq donishmand-
ligidan olingan va boy tarbiyaviy ahamiyatdagi mavzular hamda o ‘quv
materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang‘ich sinfidan tortib to
oliy ta’limning bakalavriat va magistratura y o ‘nalishlaridagi fanlami
13
o ‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlaridagi « 0 ‘zbek tili», «Vatan adabiyoti» kabi darsliklarida
atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o ‘zbek adabiyoti klassiklari
asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy
imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o ‘zbek
mutafakkirlari asarlari bilan yoshlami tanishtirishda o ‘qituvchi yorqin
badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur. 0 ‘quvchilar esa bu
obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero,
badiiy obraz orqali o ‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keltirish
mumkin. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonini o ‘rganishda Farhod-
ning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi va go‘zal-
ligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g ‘azablanish
kechinmalari uyg‘otiladi. 0 ‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili
m e’yorlarini o ‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur
tarbiyaviy ahamiyatga ega b o ig a n folklor asarlari, ya’ni dostonlar,
rivoyatlar, q o‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va
hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qoilaniladi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'tiladigan tarix
darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va
an’analari, m e’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyat-
ning boshqa sohalari qanday rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar
o ‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o ‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirib-
gina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakhantirishga,
vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi - milliy
ongning bir bo‘lagi sifatida o ‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson
bo‘lib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Biz o ‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar
mazmunida xalq pedagogikasini qoMlashning imkoniyatlari haqida so‘z
yuritdik. Lekin aniq fanlami o ‘qitishda ham o ‘quv materiali mazmu-
nining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar tarbiyasida
foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol
shaxsni shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur.
Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining
o‘zi o ‘quvchilar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aniq fanlami
o ‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishning asosiy
vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir.
Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo'yicha
darslar davomida aniq
tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami
tushuntirish orqali ulardagi eng umumiy belgilar, sifatlar va xossalar
14
yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida tushuncha
berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng
foydalanish mumkin. 0 ‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari
haqida topishmoq tarzida aytib berish havola etiladi. Masalan:
K o‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
(Osmon)
U zoq to g ‘d a o ‘tyonar.
(Quyosh)
Shu o ‘rinda U.Gadoyboev, K .Y oidoshevlarning «Fizika darslarida
xalq maqol va masallaridan foydalanish» xususidagi maqolasiga
murojaat etish mumkin.8
Astronomiyani o ‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning
hayoti va asarlari,
biologiya darslarida Abu Ali Ibn Sino asarlari,
matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini,
falsafiy she’rlar bilan qo‘shib o ‘rganish ham katta samara beradi.
Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid fanlarni o ‘qitishda avloddan
-avlodga o ‘tib kelayoigan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib tay-
yorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usullari, tejamkorlik haqidagi
m a’lumotlami o‘zbek xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan
namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g ‘oyaviy-siyosiy va iqtisodiy
tarbiyasi samarali bo‘ladi.
Shu o ‘rinda barcha fanlarni o ‘qitishda mehnat tarbiyasining ham
o ‘mi katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali meh-
natga hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash
o ‘zgalar mehnatini e ’zozlash, ularda mehnatsevarlik, chidamlilik,
tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan
biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o ‘rinlidir.
Jumladan, Forobiyning «Buyuk ishlarning naqllaridan» asarida shunday
yozilgan: «Qiyinchilik va tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar
oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday hunami o‘rganishda
o ‘ziga yarasha qiyinchilik bor».9
Shu o ‘rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, meh
natsevarlik haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ko‘plab misollar
keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq
pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o ‘quv
fanlari bo‘yicha turli to ‘garaklar, tematik kechalar, muloqotlar, savol-
javob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar, «Quvnoqlar va
zukkolar» bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi
8 Shu nomli maqola. Sovet maktabi. 1991 yil, 10-son. 19-bet.
9 Форобий. Рисолалар. -Т .: Фан, 1975.
15
asosida tashkil qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi:
mashg‘ulotlar m a’lum maqsadga y o‘naltirilgan va mazmuni hayot
bilan bog‘liq boMishi hamda tizimli olib borilishi, mashg‘ulotlarda
yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi m a’lumotlar, bilimlar, malakalar va
ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Axloqiy mavzuda o ‘tkaziladigan munozaralar, savol-javob kecha-
lari, yoki o ‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar
o ‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar
yaratadi.
Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal
egallashda ham xalq pedagogikasining o ‘rni beqiyos, «Pedagogika
tarixi», «Pedagogik konfliktologiya», «Oila pedagogikasi», «Pedagogik
korreksiya», «Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi», «Ijtimoiy
pedagogika» kabi pedagogika yo ‘nalishidagi hamda psixologiya
tsiklidagi qator fanlarni o ‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan
unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan o ‘qituvchisidan o ‘z
kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini
talab qiladi. Zero, o ‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy
va didaktik imkoniyatlarini har bir fan o ‘qituvchisi avvalo o ‘zi yaxshi
o ‘zlashtirib olishi, bunda fanni o ‘qitish metodikasi bo'yicha egallagan
bilim va ko‘nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |