Mavzu: texnologiyani o’qitishning didaktik tamoyillari. Reja Kirish. I bob. Boshlang‘ch ta‘limda texnologiya darslarida didaktik usullarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asosi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə1/7
tarix04.06.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#124719
  1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi aziza opa


MAVZU: TEXNOLOGIYANI O’QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI.
Reja
Kirish.
I BOB. Boshlang‘ch ta‘limda texnologiya darslarida didaktik usullarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asosi.
I.1. Texnologiya darslarida interfaol usullar haqida tushuncha.
I.2. Boshlang‘ich sinflar Texnologiyadarslarida interfaol usullarni qo‘llash imkoniyatlari.
II BOB. Texnologiyadarslarida didaktik tamoyillarning shakl va metodlarni qo‘llash.
II.1. Texnologiyajarayonida pedagogic texnologiyalardan foydalanish shakllari.
II.2 To‘garaklarda didaktik tamoyillardan foydalanish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
O’zbekiston ta'lim va tarbiyaning bosh maqsadi va mazmuni tubdan yangilandi. Yosh avlodni yangicha ruhda tarbiyalash,yangicha fikrlashga o’rgatish ―Ta'lim to’g’risida‖gi Qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ hamda ―Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi‖ kabi muhim xujjatlarda o’z aksini topdi. Bu esa o’qituvchidan darslarni o’ziga xos tashkil etishni, kundalik darslarga ijodiy yondashishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, maktabda ijodiy muhitni yaratish orqaligina ta'limning sifat va samaradorligini oshirish mumkin. Ta'lim mazmuni va sifatiga katta e'tibor qaratilgan bugungi kunda har bir pedagog o’z ish faoliyatini ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etmog’i kerak. Bilim berish bilan birga, ularda bilimga bo’lgan qiziqishini, mehnat qilishga ehtiyojini tarbiyalab borish ko’zda tutiladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining maqsadi o’quvchilarning yosh xususiyatlari va o’quv-biluv jarayoniga tayyorgarlik imkoniyatlarini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash uning murakkabligini aniqlash avvalgi o’rganilgan mustaqil ishlarning ketma-ketligini bilishi, darsda kerak bo’ladigan jixozlarni tanlash hamda qo’shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatlardan chiqish yo’llarini o’rgatishdir. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi shuni doimo esda tutishi kerakki, dars o’quv tarbiya jarayonining asosiy formasi bo’lib, hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o’quvchilarni erkin fikrlashga, mustaqil faoliyat yuritish va ijod qilishga o’rgatishdan iboratdir. Umumta'lim maktablari o’quvchilari aqliy salohiyatining o’sib borishi, ularning ta'lim mazmuniga chuqurroq kirib borishga intilishi, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dunyo yangiliklaridan boxabar bo’lishga qiziqishlari o’qituvchilardan o’z ustilarida tinimsiz izlanishlari, bugungi kun nafasi bilan yashashlari hamda ta'lim sohasidagi eng so’ngi yangiliklardan xabardor bo’lib borishni talab etadi. Zamonaviy o’qituvchi o’z o’quvchilarini tazlim jarayoniga ijodiy yondashuv asosida qarashlarini tashkil qilishi, ularda mustaqil ishlar ko’nikma va malakalarini rivojlantirishi va albatta ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi. Boshlang’ich ta'lim umuta'lim maktablarining bosh bo’g’ini bo’lgani sabali, ana shu jarayonda o’quvchi shaxsini mukammal rivojlanib borishiga ko’proq e'tibor berish lozim. Bunda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma'suliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo’ygan bolalarni maktab hayotiga ko’niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo’l ochib beradilar. O’qituvchilarning asl maqsadi, o’quvchilarning o’quv istagi va shaxsidagi ijodkorlikni shakllantirib, ularni barcha darslarda faol bo’lishlariga jalb qilish, ta'limga bo’lgan qiziqish va mustaqillik tuyg’usini uyg’otishdir. Boshlang’ich sinflarda o’qituvchi ta'lim jarayonida o’quvchilarni faollikka undovchi yangi o’qish metodalarini o’ylab topishga, ilg’or pedagogik texnologiyalarni boshlang’ich ta'lim tizimiga tadbiq etish yo’llarini izlashga harakat qiladi. Jamiyat rivjlanishinig har bir davrida bo’lganidek mehnat va mehnat ta'limiga munosabat bugungi shiddatkor davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Boshlang’ich ta'lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni olib kirishda mehnat ta'limini o’qitishda keng ko’lamda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Texnologiyadarslari mazmuni o’quvchining qo’l harakat tizimlarini mukammal shakllantirish, ijodiy fikrlash, amaliy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy san'at na'munalari bilan tanishtirish, kasb-hunarga qiziqish uyg’otish asosiy vazifa sifatida qaralayotganligi sir emas. Mana shunday vazifalarni amalga oshirish jarayonida o’qituvchi turli xil interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin