Pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mohiyati


Pedagog tarbiyachining ijodkorlik sifatlari



Yüklə 301,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü301,65 Kb.
#183666
1   2   3   4   5
Bo`lajak maktabgacha ta`lim pedagoglarni

Pedagog tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning
ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z
ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, 
rivojlanib boradi. 
Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning
kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida
poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil
rivojlantirib boriladi. 
Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog
ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, 
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik
xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi
zarur. 



Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini
belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. 
Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan
hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs. 
Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon
etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha
olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari
surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Ijod –ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat
yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati
natijasi
Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini
qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish
ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish



Kasbiy-ijodiy faoliyat–mutaxassisning kasbiy
masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini
tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati
Ijodiy topshiriqlar–muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil
asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy-ijodiy imkoniyat –

1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik; 
2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini
o’zlashtirganlik; 
3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi; 
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning
rivojlanganligi




Yüklə 301,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin