Pedagogning boshqaruvchanlik muloqoti etikasi. Reja



Yüklə 55,9 Kb.
səhifə3/3
tarix25.09.2023
ölçüsü55,9 Kb.
#148494
1   2   3
Ma’ruza-3. Pedagogning boshqaruvchanlik muloqoti etikasi.

Uqtirish – kishilarning muloqot faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sir etishlari vositalaridan biridir. Uqtirishning o‘ziga xosligi, inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta’sir etishi, shaxs psixikasi, tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l- yo‘riqlarda aks etishidir.
Har qanday pedagogik ta’sir etishda uqtirish elementi mavjud bo‘ladi. To‘g`ri tashkil etilgan uqtirish o‘quvchilarning ongli ravishdagi faolligini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
So‘z yordamida o‘quvchida tetiklik yoki qo‘rquv, xursandlik yoki xafalik, o‘ziga ishonch va ishonmaslik, qiziquvchanlik yoki zerikish, boshqalarga ishonish yoki ulardan hadiksirash kabi sezgilarni vujudga keltirish mumkin. O‘qituvchining yomon kayfiyati to‘lqin kabi bir zumda o‘quvchilarni qamrab olishini ham faqat uqtirish bilangina tushunish mumkin. Yoki asabiylashgan xarakterga ega bo‘lgan guruh rahbari tez orada asabiy holat guruhda muloqot me’yoriga aylanib qolganligidan taajjublanadi.

O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiya­lanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lish­ga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga peda­gogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim:





3.O`qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo`llari.
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoli­yatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga eri­shishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimi­ni oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgar­tirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi:

  • o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;

  • munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi;

  • bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘r­natish;

  • munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar aso­sida oqilona boshqarish;

  • munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim.

O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqador­likka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.





  1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish.

  2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maq­sadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassu­rotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish.

  3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash.

  4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ru­zalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi.

  5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vazi­yatlar tizimini yaratish.

  6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona mu­o­mala madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yon­dashish.

  7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nut­qiy mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biri­dir.

Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davo­mida nutqidagi so‘z qudratini takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy nazar, o‘qituvchining asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati




  1. A.Sher. “Axloqshunoslik” Darslik T-2010

  2. R. Mavlonova, O. To’rayeva, Q.Holiqberdiyev “Pedagogika”. -T. O’qituvchi 2001y.

  3. Axmedova M.Ye. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv qo’l. –T. Tafakkur-bo’stoni 2011 y.

  4. N.Gʻaybullaev, R.Yodgorov, R.Mamatqulova, Q.Toshmurodova. “Pedagogika”. – T. 2000 y.

  5. A. Xoliqov “Pedagogik mahorat” “Iqtisod-Moliya” 2011 Darslik.

  6. О. П. Гонтарь, С. П. Романова «Профессиональная этика» Учебное пособие. Красноярск СФУ 2019.

Yüklə 55,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin