Urisbayeva Ayjamal PPT Pedogogning jamiyatdagi orni va obrosi
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi – boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida Bblalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompьyuter savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.