me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati
adabiy til va nutq Bilan jamiyat munosabatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra
nutqning sofligi nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy – axloq
qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan xolililigi bilan
belgilanuvchi kommunikativ
sifat tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning
ma’naviy-ma’rifiy,
lisoniy-madaniy
saviyasini
namoyon
etadigan
ko‘rsatkichlardan biridir.
Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir-biridan faq
qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til
unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo‘lsa, bu nutqning boylik darajasi
shunchalik yuqori bo‘ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko‘p
bo‘lgan nutq kambag‘al nutq hisoblanadi va uning ta’siri
ham shunga yarasha
bo‘ladi.
Nutqning ifodaliligi. Nutqning bu sifati ba’zan ta’sirchanlik tarzida ham talqin
etiladi. Ammo ta’sirchanlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u yaxlit yaxshi nutqqa
xosdir. Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda
ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida
mavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z
xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik
birliklari, intonatsiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-
tuganmas manbalaridir.
O‘quvchilar tushuna
oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qituvchi
oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa,
o‘qituvchida yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan
tashqari, uni bayon
etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va
ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, o‘quvchilarni avvalo nutq
rejasi
bilan tanishtirib, so‘zni boshlash lozim. Vaqtni hisobga olish, notiqlik
fazilatlaridan biridir. Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya
qilinsa, agar iloji bo‘lsa, sal
oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi.
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish - o‘qituvchilar uchun ulkan mehnat
talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi, yorqinligi va originalligi
tinglovchi va o‘quvchilarda his-tuyg‘u va qiziqish uyg‘otishi, uning e’tiborini
qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmunini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi,
adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan
oxirigacha izchil bayon
qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rganilayotgan bilim o‘quvchi
xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob
beradi. Buning uchun o‘qituvchilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash,
filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi og‘zaki nutqi monologik va dialogik
shaklda bo‘ladi. Monologik nutqning keng tarqalgan shakllari hikoya, maktab
ma’ruzasi, sharhlash kabilardir. Dialogik nutq turlari suhbat, savol - javob shaklida
bo‘ladi. Polilogik nutq deganda ko‘pchilikning suhbati nazarda turiladi. Bahs-
munozara darslarida polilogik nutq jarayoni ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: